Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1722025-10-29 11:30

Fargʻona tumanida Xalq deputatlari Kengashining 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105254719760590.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105254719761785.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105254719762980.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105254719764175.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105254719764175.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105254719764175.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105254719765370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105254719780905.jpg
Fargʻona tumani hokimligida Xalq deputatlari Fargʻona tuman Kengashining navbatdagi 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, tuman sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar masʼullari ishtirok etdilar. Sessiyada bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-440-sonli “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha tuman hokimi Xamidullo Inomovning hisoboti tinglandi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son qarorining 2025-yil 3-choragida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Sessiya davomida jamoatchilik fikri asosida moliyalashtirilgan tadbirlar, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda adliya organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan tuman prokurori O.Toshpulatov va IIB boshlig‘i M.A.Qunduzovning axborotlari eshitildi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik siyosatini takomillashtirish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun zarur ish o‘rinlarini belgilash va zaxira shakllantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Sessiya yakunida deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 02.11.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft