1772025-10-29 11:32
Farg‘ona tumanida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi

21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami” kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi S. Tongotarova ishtirok etib, ona tilimizning sofligini asrash, yozma savodxonlikni oshirish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida o‘z fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, kitob mutolaasining ahamiyati hamda yoshlar o‘rtasida o‘qish madaniyatini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilar “Ona tili — muqaddas” mavzusida diktant yozdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumanida ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik davrasi o‘tkazildi
1782025-10-29 12:06

Fargʻona tumanida Xalq deputatlari Kengashining 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
1722025-10-29 11:30

Fargʻona tumani faxri — jahon chempionatining sovrindori!
2232025-10-28 10:57