Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1782025-10-29 12:06

Farg‘ona tumanida ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik davrasi o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105257300888890.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105257300890085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105257300891280.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105257300892475.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105257300892475.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105257300893670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105257300893670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105257300894865.jpg
Farg‘ona tumani hokimligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi, hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi faollari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi, senator, O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev, jamg‘armaning viloyat bo‘limi raisi Zakirjon Raxmanov, Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov, shuningdek, Jamgʻarmaning viloyatdagi tuman va shahar bo‘limlari raislari, imom-xatiblar, otinoyilar, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida Prezidentimizning mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan vazifalar muhokama qilindi. Xususan, oila qurish masalasining mas’uliyatini tushuntirish, ajrimlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Yakunda faol nuroniylar ragʻbatlantirilib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda dolzarb “90 kunlik” doiraviy reja ishlab chiqilib, ma’rifat va ma’naviyat orqali ijtimoiy muammolarga qarshi kurashish, ziyolilar harakatini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 02.11.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft