Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG‘ONA TUMANIDA 2021 YIL 10 AVGUST KUNIDA O‘TKAZILGAN "UCH AVLOD UCHRASHUVI" TADBIRI O'TKAZILDI.

×

 2021-08-11 19:55:02    960

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida tumandagi "Chinor tagi" istirohat bog‘ida bir piyola choy ustida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi. Tashkil etilgan tadbirda sektor rahbarlari, hokimi o‘rinbosari - tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i (hamda bo‘lim xodimlari), tuman Prezident Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona tumani bo‘linmasi xodimlari, tuman Madaniyat bo‘limi, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi, shuningdek, tadbirga uch avlod vakillari - mehnat fahriylari, o‘rta yoshdagi fidoiy xodimlar hamda yoshlar jami 97 nafar ishtirokchilar taklif etildi.

Taklif etilgan mehnat fahriylari o‘zlarining hayotiy boy tajribalari, ishlagan davrlaridagi mashaqqatlar, tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini ta’minlash borasida hozirgi kundagi keng yaratib berilgan imkoniyatlardan yoshlar, umuman olganda barcha birdek oqilona foydalanishi lozimligi, bugungi va ertangi kunga shukronalik bilan yashash to‘g‘risida aytib o‘tdilar.

  Shundan so‘ng bir guruh mehnat fahriylari hamda fidoiylik bilan mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning 31 nafariga  esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida tor doirada tumandagi yosh tadbirkorlarning kichik tadbirkorlik namunalari – qo‘l mehnati mahsulotlari ham ko‘rgazmasi namoyish etildi. Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan vatan, tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangrab, barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram