Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING ”O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD-EKSPERTLIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA”GI FARMONINING MAZMUN-MOHIYATI

×

 2021-09-29 19:46:24    843

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi ”O’zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6256-sonli Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik sohasini har tomonlama takomillashtirish, bu sohadagi muammolar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini shakllantirish, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash, sud-ekspertlik sohasini o’rta muddatda tizimli isloh qilishning aniq chora-tadbirlarini belgilash maqsadida:

1. O’zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 21-2025 yillarga mo’ljallangan kontseptsiyasi va mazkur kontseptsiyasi bo’yicha 2021-2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yo’l xaritasi”ni tasdiqlash.

2. Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari etib quyidagilar belgilanishi, ya'ni:

sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini ta'minlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani muntazam takomillashtirib borish;

sud-ekspertlik faoliyatini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish;

sud-ekspertlik faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarni takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish;

sud-ekspertlik faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish;

nodavlat sud ekspertiza institutini rivojlantirish;

sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni ta'minlash va rivojlantirish;

sud-ekspertlik faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

3. O’zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo’ljallangan kontseptsiyasini amalga oshirish bo’yicha Kengash tarkibini tasdiqlash.

4. Kengashga:

sud ekspertizasi sohasidagi muammolarni kompleks o’rganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan idoralararo hamkorlikni ta'minlash;

Kontseptsiya va “yo’l xaritasi”ni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo’yicha idoralararo konsultativ platforma sifatida xizmat qilish;

Kontseptsiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ilmiy doiralar vakillarini keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va press-konferentsiyalar tashkil qilish vazifalarini yuklash.

5. Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etishva uning quyidagi vazifalarini belgilash:

sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy ko’mak berish;

sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish;

sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam ko’rsatish;

sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish bo’yicha choralarni ko’rish;

sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o’rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta'sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo’lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o’rganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish bo’yicha takliflar kiritish;

sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.

7. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

a) davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxatga ko’ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo’yicha tadqiqot o’tkazish huquqi berilsin. Bunda, tadqiqot natijalariga ko’ra mutaxassis fikrini taqdim etish;

iqtisodiy, fuqarolik va ma'muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert xulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so’roviga ko’ra ekspertiza o’tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat berish;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining kasbiy malakasini aniqlash hamda ularning muntazam ravishda bilim va ko’nikmalarini oshirib borishni ta'minlash maqsadida ularni har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan o’tkazish mexanizmi joriy qilish;

b) 2022 yil 1 martdan boshlab sud ekspertlari va ekspertiza to’g’risidagi ma'lumotlarni yig’ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma'lumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta'minlash uchun mo’ljallangan                               “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi ishga tushirish.

8. Farmonga ko’ra, sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy ta'lim muassasalarida dual ta'lim printsipiga muvofiq, bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta'lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo’yicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin. Tayyorlash kurslari natijalariga ko’ra tegishli sud-ekspertiza faoliyati bilan shug’ullanish uchun sertifikat beriladi. Bunda, sertifikat egalari nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari yoki davlat sud-ekspertiza muassasalarida faoliyat yuritish huquqiga ega bo’ladi.

Shuningdek Farmonda uch oy muddatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy bo’linmalari ehtiyojlarini ta'minlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida X.Sulaymonova markazining hududiy bo’limlarida ekspertiza tadqiqotlarining qo’shimcha turlarini Jamg’arma mablag’lari hisobidan joriy qilishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini kiritish, bunda, Farg’ona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish nazarda tutilgan.

Shu qatori, Farmonda 2021-2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari ro’yxatini tasdiqlash, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish, moddiy-texnika ta'minoti masalalari, Adliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tashkil qilish, uning mablag’larini shakllantirish va sarf etish, bu sohadagi kadrlarning malakasini oshirish belgilangan.


   

Farg’ona viloyat sudining

Sudya katta yordamchisi                                                                         F.Raxmonov


Jinoyat ishlari bo’yicha

Farg’ona tuman sudining

Arxiv mudiri                                                                                             P.Djo’rayev


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram