Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI, HOKIMLIK VA BOSHQARMALARNING AXBOROT XIZMATI RAHBARLARI HAMDA JURNALISTLAR VA BLOGERLAR UCHUN FARG’ONA TUMANIDA PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI TASHKIL ETILDI.

×

 2022-04-28 18:32:22    504

PDF yuklash
Chop etish


Dastlab ishtirokchilar tumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo’jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-20-sonli Qarori ijrosi yuzasidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan yerlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.


Mazkur Qaror ilovasida, ya'ni 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xom ashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong’oqdan 5 baravar ko’p daromad olish hamda ushbu yerlarda oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bog’dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qo’llab-quvvatlash orqali "Temir daftar", " Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" da ro’yxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini ta'minlash bo’yicha katta imkoniyat mavjudligi alohida ko’rsatib o’tildi. 


Shunga ko’ra zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xo’jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 0,15 gektargacha bo’lgan o’lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga berish to’g’risidagi taklifi qabul qilindi. 


Ushbu qarorga asosan 2022 yilda paxta-g’alladan qisqartirilib zahiraga qaytarilishi rejalashtirilgan jami 69 ta konturdagi 321 gektar yer maydonlari ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga berish rejalashtirilgan bo’lib, shundan 2240 ta lotlar uchun jami 343,80 gektar yer maydonlari «E-AUKSION» da tanlov savdosiga chiqarilgan.


Joriy yilning 28 aprel holatiga jami 2240 ta yer olish istagida bo’lgan arizachilardan 2133 tasi g’olib deb topildi hamda 319,95 gektar yer maydonlari ajratib berilib, ishlar rejaga nisbatan 95,2 foizga bajarilmokda.


Farg’ona tumani hokimi Shuhratjon Mo’minov bilan bo’lib o’tgan Matbuot anjumanida ishtirokchilar uning hiobotini tinglar ekanlar mavzuga doir o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.


Farg’ona tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram