Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PENSIYA VA NAFAQA OLUVCHILAR UCHUN YANADA QULAYLIKLAR YARATILDI!

×

 2022-04-30 22:00:55    403

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning tegishli Qarori bilan  2022 yil 1 maydan boshlab barcha pensionerlarimiz uchun yanada ko’proq imkoniyatlar yaratildi:

 

➖ Pensiya vanafaqa to’lovlari uchun zarur mablag’lar har oyning 5-sanasigacha moliyalashtiriladi;

 

➖ Pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foizmiqdorda AT “Xalqbanki”ga xizmat haqit o’lab beriladi;

 

➖ Sayyor kassalar mahalla fuqarolar yig’inlariga borgan holda pensiya vanafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablag’larini ularning xohishlariga ko’ra naqd pulga almashtirib beradi;

 

➖ Pensiya vanafaqalarni bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo’shimcha to’lov joriy qilinadi.

 

Ya'ni pensionerlar kartasiga 1% ortiqcha pul kelib tushadi.

 

Agarda pensiya vanafaqa mablag’lari bank kartalari orqali olinsa va kartadagi mablag’ naqdlashtirilmasdan foydalanilsa, ushbu 1 foiz miqdorida beriladigan qo’shimcha mablag’  pensioner  ixtiyorida qoldirilishi nazarda tutilgan.

 

Mabodo pensioner mablag’ini bankomatdan naqdlashtirib olaman desa, o’sha qo’shib berilgan 1% yechib olinadi. Ya'ni bunda pensionerning ba'zaviy pensiya mablag’iga umuman tegilmaydi.

 

Byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasi Farg’ona tuman bo’limi boshlig’i U.O.Yuldashev



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram