Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA TUMANI HOKIMI ISHTIROKIDA O’TKAZILGAN BRIFING.

×

 2022-05-23 18:44:04    839

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Farg’ona tumani tumani hokimi Sh.Muminov xamda tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari I.Toshpo’latov ishtirokida brifing o’tkazildi. 


Unda tumanimizda 2022 yilda ta'lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar xamda Yoshlar bilan ishlashda joriy etilgan yangicha tizimning tumandagi ijrosi yuzasidan ma'lumot berildi.


Mamlakatimizda ta'lim tizimiga katta e'tibor qaratilib, davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani xech kimga sir emas. Tan olish kerakki, yurtimizda olib borilayotgan ijobiy o’zgarishlar, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar ayniqsa, ta'lim tizimini tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan dasturlar jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda.

 

Eng quvonarlisi iste'dodli, iqtidorli yoshlar uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maktablari hamda axborot texnologiyalari, matematika, kimyo, xorijiy tillar va boshqa yo’nalishlarga ixtisoslashgan maktablar faoliyatini yo’lga qo’yilishi yurtimizda ta'lim tarbiya tizimini yanada takomillashtirish halqaro standartlari loyixalari bilan uyg’unlik asosida ta'lim berilayotganligi taqsinga loyiqdir.

 

Farg’ona tumanida xam ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o’qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo’lgan hurmat-e'tiborni yanada oshirish, ta'lim oluvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta'lim tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilab olingan.


Tumanda hozirgi kunda jami 65 ta ta'lim muassasasi faoliyat yuritib, shundan 60 ta umumta'lim maktablari, 4 ta ixtisoslashtirilgan maktablar (1-IDUM, 2-IMI, 4-IDUM, 31-IDUM), 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat olib bormoqda.


Bundan,

1-sektorda 23 ta

(1, 2,4-IDUM, 5, 6, 18, 19, 20, 21, 32, 33, 40, 41, 42, 43, 45, 46, 55, 57,59, 60, 62 - maktablar, 1-IDUM)

  2-sektorda 13 ta

(3, 25, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 44, 47, 48, 49, 50 – maktablar va barkamol avlod bolalar maktabi),

  3-sektorda 16ta

(7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 23, 30, 31, 61 – maktablar va 2-IMI),

 4-sektorda 12 ta

(22, 24, 26, 27, 28, 29, 51, 52, 53, 54, 56, 58 - maktablar). 


Tumanimiz chegara hududda joylashganligi, ko’p millatlar va elatlarlar vakillari istiqomad qilayotganligi uchun ta'lim 3 ta tilda (o’zbek, rus va qirg’iz) olib boriladi.

Hozirgi kunda tumandagi barcha umumta'lim maktablarida jami 36160 nafar o’quvchilar (shundan 18117 nafari qizlar) taxsil olmoqda.

2021-2022 o’quv yilida tuman bo’yicha 11-sinfni   2036 nafar o’quvchilar (shundan qizlar 1118 nafar) tamomlaydi.

Pedagog xodimlar haqida:

2021-2022 o’quv yilida jami pedagog xodimlar soni

2806 nafar bo’lib, shundan 2119 nafari (75,5%) ayollarni tashkil etadi.

Jami 2806 nafar o’qituvchilarning 2676 nafari (95,3%) oliy ma'lumotli, 24 nafari (0,8%) tugallanmagan oliy,

106 nafari (3,7%) o’rta maxsus ma'lumotli pedagog xodimlarga to’g’ri keladi. 

Toifalar bo’yicha:

-        oliy toifali o’qituvchilar soni – 194 nafar (7%);

-        birinchi toifali o’qituvchilar soni – 506 nafar (18%);

-        ikkinchi toifali o’qituvchilar soni – 637 nafar (23%);

-        mutaxassis toifali o’qituvchilar soni – 1363 nafar (49%);

-        o’rta maxsus ma'lumotli o’qituvchilar soni – 106 nafar (3,7%);

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlarga asosan tumanda ta'lim sifatini yanada oshirish bo’yicha ko’plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o’tkazilgan umumta'lim muassasalarining milliy reytingida tumanimiz viloyat miqiyosida 2020-yilda 11-o’rindan joy olgan bo’lsa, 2021 yilda 19 ta tuman, shaharlar ichida 4-o’rinni egalladi.

2021-yil yakunlariga ko’ra pedagog-xodimlarning sifat tarkibi ta'lim sifati malaka toifalar bo’yicha oliy va birinchi malaka toifali o’qituvchilar hisobiga 9,5% ga ortdi.

Muxtaram prezidentimizning “Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan ko’rsatmasi asosida tumanimizda maktab ta'limini rivojlantirishni umumxalq harakatiga aylantirildi. Ta'lim sifatini oshirish bo’yicha ko’plab samarali ishlar amalga oshirildi. Buning yaqqol misoli sifatida o’tgan o’quv yilida tumanimizdagi umumta'lim maktablarini 34 nafar bitiruvchilari “oltin” va “kumush” medallarga tamomlagan bo’lishsa, bu o’quv yilida 76 nafar bitiruvchilarimiz umumta'lim maktablarini “oltin” va “kumush” medallarga tamomladi va reyting ko’rsatgichimiz  11-o’rindan 8 pog’ona ko’tarilib, viloyatdagi 19 ta tuman, shaharlar ichida 3 o’rinni egalladi.

 

Bundan tashqari, tumandagi 2700 nafar o’quvchilar        

 2020-yilda 11-sinfni tamomlab, ularning 17,7 foizi (477 nafar) oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan bo’lsa, 2021-yilda 2543 nafar bitiruvchilar 11-sinfni tamomlab, ularning 28,7 foizi (729 nafar) oliy ta'lim muassasalariga o’qishga qabul qilindilar, bu ko’rsatkich o’tgan o’quv yiliga nisbatan 11 % ga oshdi.

Muxtaram prezidentimizning zamonaviy maktablar barpo etish bo’yicha bergan topshiriqlari asosida tumanimizning Yangi Asr mahalla fuqarolar yig’inida 2020 yilda 7 mlrd so’mdan ziyod mablag’ evaziga yangi 420 o’rinli 62-sonli zamonaviy maktab qurilib, foydalanishga topshirilgan bo’lsa, 2021 yilda tumanimizning chegara hududi hisoblangan Navro’z mahalla fuqarolar yig’inida ham 15.5 mlrd. so’m mablag’ hisobiga 660 o’rinli zamonaviy maktabni qurilish ishlari yakunutkazildi.

 

2022 yil mart oyida “Tuman xalq ta'limi tasarrufidagi 1-Iqtisoslashgan Davlat umumta'lim maktabining bo’shab qolayotgan Vodil MFY xududidagi binosini Farg’ona tumani xalq ta'limi bo’limi ma'muriy binosi sifatida biriktirib berish” to’g’irisidagi 83-11-163-Q22–sonli qaror qabul qilinib xalq ta'limi bo’limiga ma'muriy bino sifatida biriktirib berildi. Xalq ta'limi bo’limi tizimida faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarga qulay shart sharait yaratish hamda moddiy texnika bazasini yanada yaxshilash maqsadida maxalliy byudjet mablag’idan 320 mln so’m pul mablag’lari evaziga ushbu bino ta'mirdan chiqarildi.

Yil yakuniga qadar tumanda uzoq masofadan qatnab o’qiyotgan o’quvchi yoshlarni ta'lim olishlariga qulay sharoit yaratish hamda ta'lim sifatini yanada oshrish maqsadida tumandagi Yuqori Archa mahalla fuqarolar yig’ini xududiga yangi maktab qurib berish dasturi ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 martldagi 40-sonli yig’ilish bayoniga kiritilib, 96 o’rinli o’quv binosi qurish uchun 1 mrd 248 mln so’m pul mablag’lari evaziga loyixa xujjatlarini tayyorlab qurilish ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.


Brifing yakunida Yoshlar o’zlarini qiziqtilgan savollariga o’rnatilgan tartibda javob oldilar va tuman xokimi va o’rinbosariga o’z minnatdorchiligibi bildirdilar.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram