Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

INSON HUQUQ VA MANFAATLARI ENG OLIY QADRIYAT

×

 2022-12-21 11:02:29    296

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea. 2017 yildan buyon an'anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko’rsatkichlar, yangi yilga mo’ljallangan maqsad va vazifalar e'lon qilindi. 

Albatta, bu galgi murojaatnoma ham xalkimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.  Ayniqsa, 2023 yilni «Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili» deb e'lon qilinishi, kelgusi yilda ham insonlarning munosib hayot kechirishlari uchun qulay sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. 

Prezidentimiz yurtimizda inson qadri hamma narsadan ustun bo’lishi kerak, degan tamoyilni ilgari surdi. 

Bugun taraqqiyotga jiddiy to’siq bo’layotgan korruptsiya balosiga qarshi keskin kurashish, ilm-fanni rivojlantirish, mamlakatda adolat o’rnatish, fuqarolarimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish zarur. 

Shuningdek, Murojaatnomada mamlakatimizni rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish, iqtisodiyotni yangi bosqichga chiqarish, investitsiyalarni faol jalb qilish, inson huquq va manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan 6 ta asosiy ustuvor yo’nalishlar aytib o’tildi.

Birinchi navbatda, e'tibor Yangi O’zbekiston uchun eng katta investitsiya bo’lgan ta'limni qo’llab-quvvatlashga qaratilishi ta'kidlandi.  

O’qituvchilarning maqomini, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi.  

Shuningdek, ko’plab fuqarolarimiz sudlardagi ovoragarchiliklar, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bog’liq holatlar yuzasidan ko’plab murojaatlar kelib tushadi. 

Murojaatnomada Prezidentimiz shu masalaga alohida to’xtalib, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozimligi va shu maqsadda qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o’rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratishni nazarda tutuvchi alohida Farmon imzolanishini ma'lum qildi.

Tintuv o’tkazish, telefon so’zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanktsiyani prokurordan sudga o’tkaziladi.

Shu bilan birga, sudda ishlarni ko’rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o’qitiladi, ishni sudda ko’rishda xolis, mustaqil bo’lishi qonun bilan belgilanadi. Odil sudlovni ta'minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko’rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi. Sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachining fikri bilan birga qabul qilinadi.

So’nggi vaqtlarda ayrim vaqtincha ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo’yicha og’riqli masalalar va ko’plab o’lim bilan yakunlanayotgan holatlar ham yo’q emas, albatta. Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o’rnatiladi, bu esa yuqoridagi salbiy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Murojaatnomada amalga oshirilishi ko’zda tutilgan dasturlar va maqsadlar yurtimizning yanada rivojlanishiga, xalqimizning farovon yashashiga, yoshlarimizning bilimli va o’z sohasining yetuk mutaxassislari bo’lib yetishishlariga hamda mamlakatimizda qonun talablari va inson huquqlari buzilmasligiga xizmat qildi.


D.Mamadjanova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O’zXDP fraktsiyasi a'zosi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram