Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT IJTIMOIY HIMOYASI – FAROVONLIK GAROVI!

×

 2021-12-06 18:07:10    726

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2030 yillarda O’zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoyishiga muvofiq aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasida ijtimoiy himoya sohasida ijtimoiy yordam va xizmatlarining kafolatlari belgilanib, aholi ijtimoiy himoyasining davlat siyosati amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, joriy yilda hukumatimizning bir qator qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilib, amalda joriy etib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasining 21.10.2021 yildagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 654-sonli Qarori hamda O’zbekiston Respublikasining 29.10.2021 yildagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-726-sonli Qonuni qabul qilinib, kam ta'minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida Nizom tasdiqlandi hamda “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risida”gi Qonunning ayrim moddalariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kirtildi.


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli Qarori bilan aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish vazifasi bosh maqsad etib belgilandi. Bunda:

-       kam ta'minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlash;

-       bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlash shartlari;

-       bola nafaqasi va moddiy yordam olish uchun murojaat qilish, uni ko’rib chiqish va ularni to’lash tartibi;

-       bola nafaqasi va moddiy yordam uchun to’lovlarni moliyalashtirish tartibi ishlab chiqildi.

«Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali 2021 yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to’lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik tarzda, fuqarolardan qo’shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda yangi tartibda kam ta'minlangan oilalarga “bolalar nafaqasi”ga o’tkazish orqali kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshirildi.

14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to’lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari oiladagi 18 yoshgacha bo’lgan bolalar sonini inobatga olgan va amaldagi to’lov muddatlaridan kelib chiqqan holda qayta hisoblanishi belgilandi.

Shuningdek, fuqarolarni murojaat qilish tartibi belgilandi, xususan:

-       har oyning 16 sanasiga qadar fuqarolar yashash joyi bo’yicha fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organiga arizani taqdim etishi;

-       ariza beruvchi – oilaning 18 yoshga to’lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash guvohnomasiga ega bo’lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs bo’lishi lozimligi;

-       Arizaga:

§ pasport (yoki ID-karta);

§ nikoh to’g’risidagi guvohnoma va

§ bola tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma nushalarini taqdim etish;

-       Fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organi har 5 ish kunida, biroq oyning 19-sanasiga qadar hujjatlarni Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limiga taqdim etish;

-       Arizalarni dasturga kiritish jarayonida Pensiya jamg’armasi mas'ul xodimi tomonidan har kuni, biroq joriy oyning

26-sanasigacha arizalar dasturga kiritib borilishi va ariza va unga ilova qilingan hujjatlar 3 yil davomida Pensiya jamg’armasi bo’limlarida saqlanishi;

-       oilaning daromadlari va mol-mulkini o’rganishda 13 ta davlat tashkilot va muassasalari bilan elektron avtomatlashtirilgan integratsiya dasturlari orqali aniqlanishi;

-       Oila a'zosiga to’g’ri keladigan daromadni mezon bilan taqqoslashda daromad mezoni sifatida:

§ oilaning har bir a'zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha bir oylik daromadning yuqori chegarasi 440 000 so’m belgilanganligi;

§ oilaning har bir a'zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha bir oylik jami daromad murojaat qilingan oydan oldingi oygacha bo’lgan oxirgi 3 oy uchun hisoblanishi belgilandi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlariga asosan arizalar quyidagi hollarda rad etilishi belgilandi:

-       oilaning har bir a'zosiga belgilangan me'yor 440 000 so’mdan yuqori daromadi mavjud bo’lganda;

-       2 va undan ortiq ko’chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo’lganda;

-       oila a'zolarining o’z nomiga rasmiylashtilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanayotgan ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan texnik xolati soz bo’lgan yengil avtotransport vositasi mavjud bo’lganda;

-       ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo’lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi mavjud bo’lganda;

-       ariza beruvchi va oila a'zolarining tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlarida ariza bergan oyda mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorda mablag’lar mavjud bo’lganda;

-       ariza beruvchi va oila a'zolarining mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorlarda qimmatli qog’ozlar mavjud bo’lganda ;

-       Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa sanoati qo’mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlari xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a'zolari, shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;

-       Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a'zolari pensiya ta'minoti shartlari, me'yorlari hamda tartibi to’g’risidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan ta'minlanganda;

-       Oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a'zolari mavjud bo’lganda;

-       oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a'zosi mehnat organlarining ishga doir taklifini ikki yoki undan ortiq marotaba rad etganda;

-       daromadning rasmiy manbalariga ega bo’lmagan va oxirgi 6 oy maboynida ish izlab mehnat organlariga xisobda turmagan, o’zini-o’zi band shaxslar ro’yxatiga kiritilmagan yoki haq to’lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli a'zosi mavjud bo’lganda ariza rad etilishi belgilandi.

Ushbu qoida quyidagilarga nisbatan:

-       “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turgan shaxslarga;

-       bola 3 yoshga to’lguniga qadar parvarish qililayotgan onalarga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga);

-       ta'lim muassasalarida kunduzgi ta'limda o’qiyotganlarga;

-       ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha shaxslarga;

-       amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xo’jaligini yuritish bilan band bo’lgan oila a'zolariga;

-       18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo’lgan, shu jumladan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo’lmagan holda otasiga), oila a'zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo’lgan shaxsni yoki o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan 80 yoshga to’lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga;

-       chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a'zolariga;

-       sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo’yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo’lganligi munosabati bilan oilada bo’lmagan a'zolariga;

-       oilaning chaqiriq bo’yicha muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan a'zolariga;

-       bolasini yolg’iz tarbiyalayotgan yolg’iz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;

-       rasmiy daromad manbalariga ega bo’lmagan va oxirgi 1 yil mobaynida “Temir daftar” ro’yxatida bo’lgan oilalarga;

-       to’rt va undan ortiq 18 yoshga to’lmagan farzandi mavjud bo’lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a'zosiga nisbatan tadbiq etilmasligi belgilandi.

Nafaqani tayinlash yoki rad etish to’g’risida qaror inson omilisiz Yagona reestr tomonidan avtomatik ravishda qabul qilinadi.

Nafaqani tayinlash yoki rad etish qarori haqida arizachini SMS orqali xabardor qilinadi.

Moliya bo’limlari nafaqalar to’lash uchun mablag’larni AT “Xalq banki”ning maxsus hisob varag’iga to’lov amalga oshiriladigan oyning 4-25 sanasiga qadar moliyalashtiradi.

Ariza bergan shaxs vafot etgan taqdirda - oilaning muomalaga layoqatli a'zosi yoki qonuniy vakili tegishli arizani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, mavjud bo’lganda – vasiylik yoki homiylikni tayinlash to’g’risidagi qaror nusxasini AT “Xalq banki”ning tegishli filialiga taqdim etishi orqali tayinlangan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olishi mumkin.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam, shuningdek, kompensatsiya AT «Xalq banki»ning tuman (shahar) bo’limlari (filiallari) orqali naqd pul shaklida yoki fuqaroning xohishiga ko’ra pul mablag’larini naqd pulsiz o’tkazish yo’li bilan fuqarolarning bank hisobvaraqlari (kartalari) orqali to’lanadi.

2021 yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan ijtimoiy nafaqa va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam avtomatik tarzda, kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo’shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasiga o’tkaziladi.

Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini afzalliklari quyidagilardan iborat:

  1. Bolalar nafaqasini tayinlashdagi oiladagi har bir bola inobatga olinadi.
  2. “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq bolaning davlat tomonidan ijtimoiy yordam olish huquqini ta'minlash maqsadida yosh mezonini 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirish.
  3. Bolalar nafaqasining to’lov muddati 6 oydan 12 oyga uzaytirilmoqda.
  4. Oilani kam ta'minlangan deb e'tirof etish mezoni 440 ming so’mga tenglashtirilmoqda.

2022 yildan minimal iste'mol xarajatlari miqdoriga tenglashtirilishi ko’zda tutildi.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” AT orqali kam ta'minlangan deb e'tirof etilganlik to’g’risida QR-kodga ega bo’lgan ma'lumotnoma – “Yagona reestr” AT orqali kam ta'minlangan deb e'tirof etilgan oila (shaxs)ga O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etilishi belgilandi.

Kam ta'minlangan deb e'tirof etilgan oila (shaxs)ga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladigan ma'lumotnomaning amal qilish muddati 12 oy etib belgilandi.

Mazkur, qonunchilik hujjatlari kelgusida aholini ijtimoiy himoyasi kafolati sifatida va aholining o’z haq-huquqlarini bilishida xizmat qiladi degan umiddamiz.

 

“Ijtimoiy himoya yagona reestr” AT

orqali davlat ijtimoiy xizmatlari

va yordamlarini ko’rsatish sho’'absi mudiri:                  U.R.Sotinaliyev


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram