Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA TUMANIDA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI NISHONLANDI.

×

 2022-11-11 16:06:26    282

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda jamiyatimizning barcha jabhalari singari tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar xalqimiz salomatligini mustahkamlash, profilaktika, diagnostika va davolash ishlari samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lib kelmoqda. “O’zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash to’g’risida” qonunga muvofiq mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami kuni sifatida har yili tantanali nishonlanib kelinadi.  


Bugun Farg’ona tumanida ushbu kun munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi. Ushbu tadbir xalqimiz salomatligini muhofaza qilish yo’lida samarali mehnat qilayotgan sharafli va mas'uliyatli kasb egalari – tibbiyot hodimlari faoliyatiga berilayotgan yuksak e'tiborning amaldagi yana bir ifodasi. 


Tadbirda “Tibbiyot hodimlari kuni” munosabati bilan soha vakillarini Farg’ona tumani hokimi Xamidullo Inomov so’zga chiqib, so’nggi yillarda mamlakatimiz sog’liqni saqlash sohasida ulkan yangilanishlar ro’y berayotgani, birinchi navbatda, muhtaram Prezidentimizning farmon va qarorlari asosida sog’liqni saqlash sohasi faoliyati huquqiy jihatdan takomillashtirilgani, Prezidentimizning 2018 yil 7 dekabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 – 2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi soha rivojida yangi davrni boshlab berganini takidlab o’tdi.


Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, endilikda tibbiy xizmatning asosiy vazifasi kasalliklarni davolash emas, balki ularning oldini olishga, aholining salomatlik ko’rsatkichlarini yaxshilashga, uzoq umr ko’rishiga hissa qo’shishga yo’naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. 


Tadbirda inson salomatligi uchun mas'ul, hayotimiz mazmunli va bardavom bo’lishi uchun jon kuydirayotgan, o’zini qo’yib, boshqalarga hayot baxshida qilishga qasam ichgan va fidoyi bir guruh tibbiyot hodimlari Farg’ona tumani hokimi tomonidan munosib rag’batlantirildi.


Tadbirda tuman madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan yangragan go’zal kuy va qo’shiqlar tibbiyot xodimlariga xush kayfiyat ulashdi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram