Veb-saytda joylashtirish uchun majburiy bo’lgan axborotlar ro’yxati
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar
Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun majburiy bo'lgan axborotlar ro'yxati.
1. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rasmiy veb-saytida (keyingi o'rinlarda rasmiy veb-sayt deb ataladi) joylashtirilishi majburiy bo'lgan axborotlarga quyidagilar kiradi:
- davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining huquqiy maqomini, shu jumladan davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tarkibiy bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funktsiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;
- davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ va boshqa hujjatlar;
- oldin davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risidagi ma'lumotlar;
- davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasida Prezident, hukumat hamda davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan dasturlar to'g'risidagi umumiy ma'lumotlar;
- davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan o'tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, yig'ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to'g'risidagi ma'lumotlar, kundalik faoliyat to'g'risidagi boshqa axborotlar;
- davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligi to'g'risidagi ma'lumotlar;
- amalga oshirilishida davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to'g'risidagi axborotlar;
- davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko'rsatkichlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
- davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi, uning tashkilotlari tomonidan o'tkaziladigan tovarlar etkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish) bo'yicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to'g'risidagi ma'lumotlar;
- bo'sh ish o'rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi ma'lumotlar;
- rasmiy veb-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko'rsatilishi to'g'risidagi talab;
- davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari to'g'risidagi ma'lumotlar;
- davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo'mitalar va boshqalar) to'g'risidagi ma'lumotlar;
- Majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek sana, vaqt, o'tkazish joyi va ularda qatnashish tartibi ko'rsatilgan holda ochiq majlislar o'tkazish rejalari;
- davlat va xo'jalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi rasmiy veb-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalaniladigan axborotlar va ma'lumotlar. ...
Batafsil