Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
INSON RESURSLARINI BOSHQARISHGA OID MA’LUMOTLARNI MAXSUS PLATFORMADA SHAKLLANTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA
2023-09-30 16:06:07 1845
Inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar bo’yicha “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlar va hujjatlarni hmr. argos.uz elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi to’g’risida”gi 492-sonli nizom qabul qilindi.
Unga ko’ra davlat organlarining ishga qabul qilish natijalari bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish, tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va ularga ishlov berish, xodimlar faoliyatining samaradorligini avtomatik ravishda baholash, kadrlar bo’yicha ma’lumotlarning elektorn arxivini yuritish, rahbar kadrlar uchun belgilangan zaxiralarni shakllantirish hamda inson resurslarini boshqarishga oid boshqa faoliyat elektron platforma orqali amalga oshirilish tizimi joriy qilindi.
Ushbu dasturdan barcha foydalanuvchilar o’zining elektron platformadagi shaxsiy eri kaliti orqali ro’yxatdan o’tishi, dvlat organi rahbari shaxsiy eri kaliti yordamida davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo’linmasi mas’ul xodimini belgilab, unga elektron platformadan foydalanish imkoniyatibni berishi mumkin.
Farg‘ona guman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
A.L.Nabijonov
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram