Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona tumani, “Satkak” MFY hududidagi qir-adirliklar yon bag‘ridan noruda foydali qazilma - qum-shag‘al aralashmasi qazilib, yuk avtomobillariga yuklab ketilayotganligidan norozi bo‘lib qilingan murojaatga RASMIY MUNOSABAT
2024-11-16 04:38:40 32
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona tumani, “Satkak” MFY hududidagi qir-adirliklar yon bag‘ridan noruda foydali qazilma - qum-shag‘al aralashmasi qazilib, yuk avtomobillariga yuklab ketilayotganligidan norozi bo‘lib qilingan murojaatga
RASMIY MUNOSABAT
Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona tumani Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari bilan birgalikda hududdagi aholi ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Haqiqatdan ham fuqaro A.X. hech qanday ruxsatnomasiz qir-adirlikni tekizlash maqsadida qum-shag‘al aralashmasini qazib, yuklab boshqa hududga chiqarib yuborib, O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzganligi uchun unga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jarima qo‘llanilganligini va bunday xatti-harakatni boshqa takrorlamasligi haqida ogohlantirilganini, ko‘rilgan chora natijasida video orqali murojaat yo‘llagan fuqarolarning e'tirozi yo‘qligini hamda ularning murojaati ijobiy qanoatlantirilganligini maʼlum qilamiz.
© Fargʻona tumani hokimligi Axborot xizmati