Шрифт ўлчами Ранг Расм

Ижтимоий тармоқлар

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 14 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

E’LON

×

 2023-12-20 10:28:55    2931

PDF юклаш
Чоп этиш


Hurmatli tumanimiz fuqarolari va mehmonlari!

“Yangi yil bayrami” tadbiri Farg‘ona tumani Marg‘ilon MFY hududida joylashgan “Davlat xizmatlari markazi”da 2023-yil 25-dekabr kunidan 2024-yil 3-yanvargacha o‘tkazilishi belgilanmoqda. 

“Yangi yil bayrami” tadbirini o‘tkazishda piyodalar hamda transport vositalarini xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hudud 4R-144-sonli “Farg‘ona Xamzaobod” avtomobil yo‘li yoqasida joylashganlini inobatga olib, ushbu hududda xavfsizlikni ta’minlash, jamoatchilik tartibini saqlash maqsadida avtomobil yo‘lining 20-21 km larida 2023-yil 25-dekabr kunidan 2024-yil 3-yanvar kuniga qadar transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

Ushbu cheklov qo‘yilayotgan avtomobil yo‘li Davlat ahamiyatiga ega ekanligini inobat olib, avtomobilda harakatlanish “Farg‘ona Xamzaobod” avtomobil yo‘liga olib chiquvchi boshqa yo‘nalish, Sanoat MFY Sanoat ko‘chasidan xavfsizlikni ta’minlagan xolatda yo‘lga qo‘yiladi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram