Шрифт ўлчами Ранг Расм

Ижтимоий тармоқлар

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 129 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

TUMAN HOKIMI HAMIDULLO INOMOV TUMAN SEKTORLARI RAHBARLARI BILAN BIRGA QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARI SOZLIGI VA HOLATI BILAN TANISHIB, YANGI MAVSUM OLDIDAN FERMERLAR BILAN MULOQOT O‘TKAZDI.

×

 2023-12-28 13:28:08    2531

PDF юклаш
Чоп этиш


Yig‘ilganlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklagan Hamidullo Inomov, o‘tayotgan 2023-yilda paxtachilikda, g‘allachilikda va meva-sabzavot yetishtirishda yuqori natijalarni qayd etgan soha vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tuman hokimi yuqori hosildorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining yangi mavsumga shayligi kelgusi yilga xotirjam qadam qo‘yishga imkon berishini qayd etdi.

Uchrashuvda mavsum oldida turgan dolzarb vazifalar haqida fikr va mulohazalar bildirildi.


Dunyodagi bugungi ziddiyatli vaziyatlar davrida jahon bozorida paxta narxining tushib ketishi yurtimiz paxtakorlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatganini qayd etgan tuman hokimi, bu holatdan chiqib ketishning yagona yo‘li fermerlar uchun – hosildorlikni ko‘tarishdan, klasterlar uchun – ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazishdan iborat ekanini ta’kidladi.

Joriy yilda paxtachilikda paxta qator oralarini 76 sm kenglikda parvarishlash o‘z samarasini berganiga, gektaridan 60 syentnergacha hosil ko‘tarilganiga e’tibor qaratgan tuman sektor rahbarlari, bu yil ham qator oralarini 76 va 90 sm kenglikda yoki qo‘shqatorlab chigit ekishni ommalashtirish yuzasidan tavsiyalar berishdi.

Kelgusi 2024 yilda ham qishloq xo‘jaligiga ilmiy yondashuv davom ettirilishi ta’kidlandi, o‘g‘itlash va oziqlantirish jarayonlarini tuproqning agrokimyoviy tahlili hamda ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab amalga oshirish kabi masalalarga e’tibor qaratilishi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuvl yakunida tumandagi ilg‘or mexanizatorlarga mukofot pullari va Umra ziyoratiga yo‘llanmalar topshirildi.


 


Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram