Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
SOLIQCHI - KOMAKCHI TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN FARGONA TUMAN SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIGINING HISOBOTI
2024-01-15 08:46:47 1917
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish yuzasidan belgilab berilgan topshiriqlari, xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, ozini ozi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibini takomillashtirish, qoshilgan qiymat soligi zanjirining uzluksizligini taminlash maqsadida "Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moljallangan asosiy yonalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisida"gi ORQ-891-sonli Ozbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Qonunda quyidagi ozgarishlar nazarda tutilgan.
- Kameral soliq tekshiruvida soliq toʻlovchining hududiga kirish, hududini koʻzdan kechirish, hujjatlarni talab qilish va uni chaqirtirish, hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish taqiqlandi;
- Yuridik shaxslar va YTTlarga kameral soliq tekshiruvi natijasida qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berildi;
- Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirildi;
- YTTlar uchun qatʼiy belgilangan JShODS stavkalari o‘zgardi. Mazkur stavkalar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2024-yil 1-fevraldan kuchga kiradi. 2024-yil yanvar oyida qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i 2023-yildagi stavkalar bo'yicha to'lanadi;
- 2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda, oshgan kundan eʼtiboran yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq toʻlashga oʻtadi.
Shuningdek, QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi. 2024-yil 1-apreldan boshlab quyidagilar bo‘yicha savdo aylanmasi QQSga tortiladi:
tibbiy xizmatlar;
veterinariya xizmatlari;
dori vositalari;
veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moljallangan buyumlar.
Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagilar QQSga tortiladi:
dori vositalari,
veterinariya dori vositalari,
tibbiyot va veterinariya uchun moljallangan buyumlar,
shuningdek qonunchilikda belgilanadigan royxat boyicha olib kiriladigan xomashyo.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-apreldan quyidagilarga aksiz soligi joriy etiladi:
- tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushboylashtiruvchi moddalar bolgan, gazlangan hamda istemol qadogiga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) 1 litr uchun 500 som;
- energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar 1 litr 2 000 so'm.
Shu bilan birga, aylanmadan olinadigan soliqni qatiy belgilangan summada tolovchi soliq tolovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda ozgartirildi:
Jami daromadi besh yuz million somdan oshmagan soliq tolovchilar uchun yiliga 25 mln som;
Jami daromadi besh yuz million somdan yuqori bolgan soliq tolovchilar uchun yiliga 34 mln som.
Takidlash joiz, ayni kunlarda Fargona tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, mazkur yangiliklar mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda, shu bilan birga, ularni qiynayotgan muammolar organilib ijobiy hal etish choralari korilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bolgan qator yonalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar korsatilmoqda.
Xususan, 2023-yil dekabr oyi davomida Fargona tuman soliq inspeksiyasi tomonidan 359 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar organildi. Mazkur jarayon davomida komaklashish zarur bolgan 359 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qollash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS tolovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar korsatildi.
Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, komakchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.
Fargona tuman soliq inspeksiyasi
boshligi I.Sharopov
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram