Шрифт ўлчами Ранг Расм

Ижтимоий тармоқлар

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 4 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

“SOG‘LOM DAVLAT XIZMATCHISI” SHIORI OSTIDA DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILMOQDA.

×

 2024-01-19 14:16:21    3895

PDF юклаш
Чоп этиш



Bugungi kunda davlat xizmatchisi o‘z sohasini mukammal darajada egallagan mutaxassis, faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanayotgan, muomala madaniyatini san’at darajasiga chiqargan xalq xizmatidagi insondir.




Shuning uchun “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat xizmatchilarini ijtimoiy jihatdan himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.




Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.





Hususan, Farg‘ona tumani hokimligi xodimlari xam bugun ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan hastaliklarni davolash, sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha shifokorlar maslahatlarini oldilar.




Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram