Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
FARG‘ONA TUMANI HOKIMI HAMIDULLO INOMOV VILOYAT DELEGATSIYASI TARKIBIDA LATVIYADAGI RASMIY UCHRASHUVLARDA BO‘LIB TURIBDI
2024-04-27 01:04:49 10324
Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Nuriddin Mamajonov Riga shahar dumasi raisi oʻrinbosari Linda Ozola bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Uchrashuvda Riga shahri va Fargʻona viloyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, qishloq xoʻjaligi, madaniy-gumanitar, fan va innovatsiyalar yoʻnalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jumladan:
-Fargʻona viloyati bilan Latviyaning ilgʻor texnologiyalari asosida yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va raqamlashtirish yoʻnalishlaridagi yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
-Latviyaning Riga erkin Porti orqali “Oʻzbekiston-Latviya-Yevropa” port yoʻli doirasida Riga shahrida xalqaro logistika markazini tashkil etish, bu orqali Yevropa davlatlariga mahsulotlar tranzitini yaratish;
- “KAIJA” baliqchilik klasteri va zavodiga tashrif, korxona faoliyati bilan tanishish orqali viloyatda baliqdan konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha tajriba ortirish;
-Rigada Oʻzbekiston Savdo uyida “Fargʻona mahsulotlari” shourumini ochish kabi masalar oʻrin oldi.
Muzokaralar yakunida Fargʻona viloyati va Riga shahri oʻrtasida kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bitimni ishlab chiqish va imzolashga kelishildi.
Mazkur yoʻnalishda qisqa muddatlarda Riga shahar rahbariyati boshchiligida delegatsiyaning Fargʻona viloyatiga tashrifini amalga oshirib, yuqoridagi kelishuvlarni amalga oshirish belgilandi.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram