Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA (HUSUSAN YOU TUBE KANALLARDA) FARG‘ONA TUMAN HOKIMINING 08.06.2021 YILDAGI 460-SONLI “TUMAN ZAXIRASIDAGI YERLARDAN YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARGA QISHLOQ HO‘JALIGI MAQSADLARIDA (BOG‘DORCHILIK) YO‘NALISHIDA FERMER XO‘JALIGI TASHKIL ET…

×

 2023-08-03 09:34:30    1172

PDF yuklash
Chop etish


Xabarlarda yuqoridagi tuman hokimi qarori bilan fermerlarga ajratilgan yerlar noqonuniy ravishda olib qo‘yilgan. Javobgarlik kimning zimmasida kabi savollar keltirilgan.

Aslidachi, aslida ushbu yerlar berilishidan oldin O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining

2021 yil 8 iyun kuni amalda bo‘lgan talqini 10-moddasida viloyat, tuman, shahar hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu sub’yektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yishga, shuningdek yerlarni olib qo‘yishga haqli ekanligi, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 31.03.2023 yil kungi hatida tuman hokimining 08.06.2021 yildagi 460-sonli qarorida ununmdorlik darajasi 72 ball bonitet bo‘lgan yerlar hokimlik qoshidagi yerlarni rezalyusiya qilish doimiy komissisining roziligisiz, tuman fermer-dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining xulosasi olinmay, Xalq deputatlari tuman kengashiga taqdim etilmasdan mevali bog‘ tashkil qilish uchun berib yuborilgani ko‘rsatilgan.

Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4246-son qarorini 2021 yil 8 iyun kuni amalda bo‘lgan talqinining 7-bandi a-kichik bandining buzilishiga sabab bo‘lgan. 

Mazkur holatlar bo‘yicha Muminov Shuxrat Azimovich ga nisbatan 302332/2023-9-sonli jinoyat ishi materiallari yuritib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 2294-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilgan.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki ayni vaqtda faoliyat olib borayotgan tuman hokimi X.Inomov va tuman prokurori B.Boboqulovlar qonun ustuvorligini ta’minlamoqda. Mablag‘ sarf qilib, foydalanilmay turgan yerlarda o‘z mehnati bilan bog‘ tashkil qilgan dehqonlarimizning ham mehnatlari zoye ketmasligi choralari ko‘riladi. 


 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram