Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-09-30 16:01:18    1849

PDF yuklash
Chop etish


Xodim mehnat ta’tilidan chaqirtirib olindi, ta’tilning foydalanilmagan qismi uchun to‘langan ta’til puli nima bo‘ladi?


Javobni Farg‘ona guman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Adashaliyev beradi

Javob: Ma’lumki, Mehnat kodeksining 232-moddasiga asosan mehnat ta’tiliga ketgan xodimni uning roziligi bilan ta’til tugamasidan oldin chaqirtirib olish mumkin. Bilamizki, mehnat ta’tiliga ketayotgan xodimga ta’tilga ketishdan avval ta’tilda bo‘ladigan vaqti uchun Mehnat kodeksining 233 va 257-moddalariga muvofiq o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi va bu to‘lovni biz ko‘pincha “ta’til puli” deb ataymiz. Mehnat kodeksining 233-moddaga ko‘ra ta’til puli bu xodimning mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti davomida saqlanib qoladigan, biroq oldindan to‘lab beriladigan pul hisoblanadi. Ya’ni, agar xodim ta’tildan muddatidan avval chaqirtirib olinsa, ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi uchun to‘langan pul o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Chunki, xodim ta’tilda bo‘lmas ekan, demak 233-moddadagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qolinadigan davr ham, bu davr uchun to‘lov ham bo‘lmaydida.

Ho‘sh, unda xodimni mehnat ta’tilidan chaqirtirib olsak, ta’tilning foydalanilmagan qolgan qismi uchun oldindan to‘langan “ta’til puli” nima bo‘ladi?

Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-martda 2985-son bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilgan “Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma mavjud. Bu Yo‘riqnoma budjet tashkilotlari uchun majburiy, qolgan tashkilotlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Shu Yo‘riqnomaning 21-bandida shunday deyilgan:

- xodim ta’tildan chaqirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chirilsa, ta’tilning ko‘chirilgan kunlariga to‘g‘ri keladigan to‘langan o‘rtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi.

Bu qoidaning mazmuni shuki, agar xodim mehnat ta’tilidan chaqirtirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi shu ish yilining boshqa vaqtiga ko‘chirilsa, ta’tilning o‘sha foydalanilmagan qismi uchun to‘langan “ta’til puli” xodimning ta’tildan chaqirib olingandan keyingi ishlagan vaqti uchun to‘lanadigan ish haqi o‘rniga o‘tadi. Ya’ni, xodim keyingi, foydalanilmagan ta’til qismiga teng bo‘lgan ishlaydigan vaqti uchun alohida ish haqi olmaydi. “Ta’til puli”ning foydalanilmay qolgan ta’til kuniga to‘g‘ri keladigan qismi o‘sha ish haqining o‘rniga o‘tadi. Buxgalterlarga osonroq bo‘lishi uchun ta’tildan chaqirib olish haqidagi buyruqda buni chiroyli qilib yozib qo‘yish kerak.

Bu qoida faqat budjet tashkilotlari uchun majburiy qoida hisoblanadi.

Budjet hisoblanmagan boshqa ish beruvchilar esa ta’tilning foydalanilmagan qismi uchun to‘langan “ta’til puli”ni bu ta’til qismi ish yilining boshqa vaqtida berilgan paytiga hisob-kitob qilsa ham bo‘ladi.


 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram