Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH TARTIBLARI
2023-09-30 16:04:48 2255
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida xodimni ishdan bo’shatish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157, 158, 160 va 161-moddalarida belgilab qo’yilgan.
Yuqoridagi moddalar xodim va ish beruvchi tarafdan, shuningdek, o’zaro kelishuvlariga ko’ra bekor qilinishi belgilangan.
MKning 157-moddasiga ko’ra xodim va ish beruvchi o’zaro kelishuv asosida bir birlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga asosan bekor qiladi. Bunda xodim hamda ish beruvchi o’zaro mehnat hsartnomasini bekor qilish yuzasidan kelishuvga erishadi va shu asosda taraflar kelishuvi imzolanib buyruq chiqarildi, buryuq chiqarilgandan so’ng esa shartnoma bekor qilinadi.
Bundan tashqari MKning 158-moddasiga asosan xodim bilan ish beruvchi muayyan ishni bajarish muddatiga qarab shartnoma tuziladi hamda xodim tomonidan muayyan ishni yakunlanishi bilan shartnoma bekor qilinadi.
MK 160-moddasida xodimning tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari keltirib o’tilgan bo’lib, unga ko’ra xodim muayyan muddatga ham nomuayyan muddatga ham tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchini 14 kunlik muddatdan avval yozma ravishda ogohlantirish orqali mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi ko’rsatilgan. Ushbu moddada xodim 14 kunlik muddatning istalgan vaqtida yozgan arizasini qaytarib olishi hamda o’zi bilan tuzilganmehnat shartnomasini davgom ettirish mumkinligi belgilab qo’yilgan.
MK 161-moddasida esa ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinadi, bunda ish beruvchi ushbu moddada ko’rsatilgan asoslardan biri mavjud bo’lganida xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekoq ilishi lozimligi ko’rsatilgan.
Yuqoridagi har bitta modda asosida xodim ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi noqoqnuniy tartibda amalga oshirilgan deb hisoblagan taqdirda, o’z huquqlari bo’yicha yuqori turuvchi organga yoki sudga buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan shikoyat qilishi mumkin.
Farg‘ona guman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
A.L.Nabijonov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram