Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZAROV DASTLAB...

×

 2023-11-01 08:26:11    1921

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov bugun Farg‘ona tumanida 2024 yil hosili uchun puxta zamin yaratish maqsadida kuzgi shudgorlash ishlarini namunali tashkil etish hamda dala chetlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminarlarda ishtirok etdi.

Seminarlarda tumanlar sektorlari rahbarlari, paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mexanizatorlar, suvchilar, qishloq xo‘jaligiga mas’ul idora va tashkilotlar vakillari qatnashdilar.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov dastlab hududiy MTPlardagi haydov texnikalari sozligi, mexanizatorlar, operatorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Seminar davomida joriy yilda viloyatda paxta yetishtirishda muvaffaqiyatli xirmon uyulgani, qish sovuq kelishiga qaramay qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligi yuqori bo‘lganligi, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun 2024 yilgi hosilga ham mas’uliyat bilan yondashish zarurligi va belgilangan agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, zamonaviy unumdorligi yuqori bo‘lgan texnikalardan foydalanish lozimligi qayd etildi.

Klasterlar rahbarlariga shudgorlash ishlarini sifatli tashkil etish uchun har bir otryadni yuqori unumli haydov texnikalari bilan ta’minlash, mexanizatorlarga munosib mehnat va dam olish sharoiti yaratish, ularni doimiy rag‘batlantirib borish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Viloyatimizda qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar bo‘yicha fikr almashildi.

Mintaqamizda suv taqchilligi muammosi tobora chuqurlashib borayotgan bugungi vaziyatda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha klasterlar oldida turgan muhim vazifalarga e’tibor qaratildi.

Dala chetlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Tok va tut ko‘chatlari ekish ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Har bir fermer xo‘jaligi atrofidagi ariq, zovurlarni chopish, tozalashi kerakligi, shuningdek, dala chetlarini tozalash va ko‘chat ekish bo‘yicha ham vazifalar berildi. Dala shiyponlarini obodonlashtirish, ishchilar dam olishlari uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratish kerakligi qayd etildi.

Seminarlar davomida ilg‘or ishchi va mexanizatorlarga pul mukofotlari hamda sovg‘alar topshirildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram