Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TA’TILLAR:
2023-12-27 10:25:11 2225
Amaldagi yangi "Mehnat kodeksi"da Ijtimoiy ta’tillar to‘g‘risida quyidagilar belgilangan:
Xodimlarga onalik, bolalarni parvarishlash, ta’lim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek boshqa ijtimoiy maqsadlarda beriladigan ta’tillar ijtimoiy ta’tillardir.
Xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi:
- homiladorlik va tug‘ish ta’tillari;
- bola parvarishlash ta’tili;
- o‘quv ta’tili;
- ijodiy ta’tillar.
Xodimlarga ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.
Xodim o‘quv ta’tilida yoki ijodiy ta’tilda bo‘lgan vaqtida uning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Bundan oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirganda beriladigan ish haqi saqlanmaydigan ta’til mustasno.
Ayol tug‘ishdan oldingi va tug‘ishdan keyingi ta’tilda bo‘lgan vaqtida unga qonunchilikda belgilangan miqdorda hamda tartibda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi.
Bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrida bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda bolani parvarishlash nafaqasi to‘lanadi.
12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq nafar bola yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs) davomiyligi 4 kalendar kun bo‘lgan har yilgi ijtimoiy ta’tilda bo‘lgan davrida uning ushbu ta’til davri uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Kamolaxon Yakubova – Farg‘ona gumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram