Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG‘ONA TUMANI HOKIMI HAMIDULLO INOMOVNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI TASHKIL ETILGANINING 32 YILLIGI VA VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN VATANIMIZ HIMOYACHILARIGA YO‘LLAGAN TABRIK SO‘ZI.

×

 2024-01-15 10:08:50    3412

PDF yuklash
Chop etish




Avvalo, Siz azizlarni, Sizlar orqali butun tumanimiz aholisini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyom tom ma’nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.

Ayni vaqtda bu bayram tadbirlari tumanimizning har bir hududida, har bir harbiy qismlarda alohida nishonlanmoqda.

Dunyoda sharafli kasblar ko‘p, ammo ular orasida eng sharaflisi o‘z ona Vatani va xalqining tinchligi uchun xizmat qilishdir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatimizda mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yo‘lda erishgan eng katta yutug‘imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz g‘urur bilan, minnatdorchilik bilan e’tirof etmoqda.

Hozirgi kunda onalar o‘z farzandlarini armiyaga ko‘zda yosh, yurakda xavotir bilan emas, balki mening o‘g‘lim haqiqiy Vatan himoyachisi bo‘ladi, deb, yuksak ishonch va faxr tuyg‘usi bilan kuzatmoqda.

Hususan, harbiy xizmatni o‘zining kasbi, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb bilgan o‘g‘lonlarimizni sharaflash, ularga ehtirom ko‘rsatish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Bugun jahon miqyosida taraqqiyot sur’atlari misli ko‘rilmagan darajada shiddatli tus olayotgan bir vaqtda azaliy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar tizimida chuqur transformatsiya jarayonlari yuz bermoqda. Ilgari o‘z maqsad va manfaatlarini asosan diplomatiya va siyosat bilan himoya qilib kelgan dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish, qarama-qarshilik va to‘qnashuvlar yo‘liga o‘tganiga hammamiz guvoh bo‘lmoqdamiz.

Ushbu taxlikali jarayonlardan jonajon O‘zbekistonimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash borasida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ana shunday ezgu maqsad va marralarga erishishga, xalqimizning tinch mehnati, osoyishta hayotini, yurtimizning musaffo osmonini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga har tomonlama qodirmiz va bu har birimizning muqaddas burchimizdir.

Qadrli Vatanimiz himoyachilari!

Mana shu qutlug‘ kunda Sizlarni bugungi bayram bilan chin dildan samimiy muborakbod etgan xolda, Vatanimizga munosib va haqli ravishda faxrlana oladigan qurolli kuchlar yaratish yo‘lida olib borayotgan ishlaringizgizga omadlar tilayman.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.

Chegaralarimiz daxlsiz, osmonimiz musaffo bo‘lsin.

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram