Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2024-01-31 20:32:37 4309
Dam olish maskanlarida ishchilarni rasmiylashtirish holati bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat
Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘ida joylashgan xususiy dam olish maskanlarida ishchilarni rasmiylashtirish holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Mazkur holat bo'yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.
Ayni paytda Chimyon qishlog‘ida 3 ta davlat va 7 ta xususiy dam olish maskanlari faoliyat olib bormoqda, ularda 1 031 nafar fuqarolarning rasmiy bandligi ta’minlangan.
E’lon qilingan xabarda qayd etilgan “Nurafshon sihatgohi” MChJ nomli dam olish maskani O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 100 foiz ta’sischiligidagi davlat korxonasi hisoblanadi. 2023-yil noyabr oyi uchun taqdim etilgan hisobotlarga ko‘ra, ushbu dam olish maskanida 36 nafar ishchi-xodimning bandligi ta’minlangan hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobotlari o‘z vaqtida berilib, soliqlar davlat budjetiga to‘lab kelinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslar ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotdagi aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram