Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YORDAMGA MUXTOJ BO‘LGAN YOSHI ULUG‘LAR HAR DOIM E’TIBORDA!!!
2024-02-23 10:27:33 2881
Tuman ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati tomonidan tuman xududida pasport tizimini mustaxkamlash, pasport tizimi bo‘yicha amalga oishrilayotgan isloxotlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining axolini Biometrik pasportlar bilan ta’minlash yuzasidan Farmon va Qarorlari ijrosini ta’minlash borasida rejali tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Birgina o‘tgan yil davomida, bo‘linma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF № 6065 sonli Farmoni hamda 2018 yil 26 dekabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ № 4079 sonli Qarori talablaridan kelib chiqib, tuman hududida istiqomat qiluvchi fuqarolardan 20404 nafariga ID-karta pasporti hamda 12465 nafar fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berilgan.
Bundan tashqari, tumanning chekka xududlarida yashovchi nogironligi bor hamda yoshi katta fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida ID-karta tizimining Mobil ko‘chma qurilmasi yordamida ularning yashash xonadon borib yangi pasportlar bilan ta’minlash chorasi ko‘rish nazoratga olingan.
Shuningdek, tuman xududida Pasport-viza tartibi amalga oshirish yuzasidan IIBning soxaviy xizmatlari va mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan hamkorlikda 7268 ta axoli xonadon va ijtimoiy ob’ektlarida nazorat tekshirishlari o‘tkazilib, Pasport-viza tartibiga rioya etmagan 474 nafar huquqbuzarlar aniqlangan hamda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli qismlari bilan ma’muriy chora ko‘rilgan.
Bo‘linma tomonidan, 2023 yil mobaynida tuman xududiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 aprel kunidagi PF № 5984 sonli Farmoni talablari asosida 2453 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga qayd etish ishlari amalga oshirildi. Hozirda xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan isloxotlardan maqsad axoliga roziligini olish va ularga yanada qulayliklar yaratishga bo‘linma tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
podpolkovnik Sodiqjon Jumaboev
Tuman IIB MvaFRB boshlig‘i.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram