Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI INFO TUR
2024-03-04 10:32:15 2111
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan 2024-yil I-chorak “Media-rejasi”ga asosan, Anklav hudud hisoblangan Shohimardon va Yordon mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar va Shohimardon turizm qishlog‘ini tashkil etish uchun amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Info-tur o‘tkazildi.
Mening yurtim telekanali va Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmati hamkorligida tashkil etilgan info-turda Anklav hudud hisoblangan Shohimardon va Yordon mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar va Shohimardon turizm qishlog‘ini tashkil etish uchun amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
Ma’lumot uchun Ayni shu ko‘rinishdagi istirohat bog‘i tumanning "Shohimardon turizm qishlog‘i" da barpo etiladi.
Hudud aholisi, ayniqsa aholining xizmat ko‘satish sohasida faoliyat yurituvchi qatlami bilan uchrashuvda tuman hokimi tomonidan kelgusida rejalashtirilgan "Turizm qishlog‘i"ni barpo etishda nimalarga e’tibor berilishi, go‘zal Shohimardonga tashrif buyuradigan turistlar oqimining oshishi bilan hududda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mummolarning yechimi bilan bog‘liq takliflar o‘rganildi.
Bundan tashqari viloyat hokimi Hayrullo Bozarov tasdiqlagan na’munadagi hizmat ko‘rsatish ob’yektlari k-savdo.soliq.uz sayti orqali o‘tkazilishi tushuntirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram