Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"GOLUBIKA - DAROMADLI YETISHTIRISHNINIG O‘ZBEKISTONDA YANGI IMKONIYATLARI" MAVZUSIDA O‘QUV-SEMINAR BO‘LIB O‘TDI.

×

 2024-03-06 15:31:33    2542

PDF yuklash
Chop etish


Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), Germaniyaning “AFC-Guppa” hamda Yaponiyaning “Jica” kompaniyalari hamkorligida "Golubika - daromadli yetishtirishninig O‘zbekistonda yangi imkoniyatlari" mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.  


Xalqaro hamkorlikdagi loyihalar agrar sohani rivojlantirishda kamarbasta Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida tashkil etilgan ushbu seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, vazirlik huzuridagi ilmiy - tadqiqot institutlari mutaxassis olimlari, Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universiteti talaba hamda o‘qituvchilari, qishloq xhjaligi sohasida ilg‘or natijalarga erishayotgan shahar va tuman hokimlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari, soha olimlari va mutaxassislari, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.


Tadbirda mahalliy va xalqaro ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda qo‘shilgan qiymat zanjirini moliyalashtirish imkoniyati haqida bilim va ko‘nikmalar berildi.

Farg‘ona tumani hokimi Hamidullo Inomov mazkur loyihaning maqsadiga to‘xtalib, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari faoliyatida “AFC-Guppa” hamda “Jica” kompaniyalari tomonidan ajratiladigan kredit mablag‘lari hisobidan meva-sabzavot yo‘nalishlarini rivojlantirib, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, ya’ni, daladan tayyor mahsulotgacha qayta ishlab, qadoqlashgacha bo‘lgan, yuqori sifatli, saralangan, xavfsiz mahsulotlarni eksport jarayonini o‘z ichiga qamrab olishi haqida ta’kidlab o‘tdi.



Seminarda ta’kidlanganidek, bugungi kunda golubika dunyo bozoridagi eng qimmat rezavor hisoblanadi. Shu tufayli uni yetishtirish hajmini oshirish nafaqat tumanimiz balki yurtimiz iqtisodiyotiga ham foyda olib keladi.

O‘quv seminarida ishtirokchilarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) ishtirokidagi O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda qo‘shilgan qiymat zanjirini moliyalashtirish imkoniyati loyihasi doirasida O‘zbekistonda moviy qimmatbaho reza meva - golubika yetishtirishni jozibali va daromadli biznesga aylantirish sir asrorlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.


Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram