Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNIGA MUVOFIQ:
2024-03-27 14:34:53 2453
erkaklar – 60 yoshga, ayollar – 55 yoshga to‘lganda va mehnat staji kamida 7 yil bo‘lganda to‘liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4742-sonli Qarorda belgilangan 101 turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa hamda o‘rnatilgan tartibda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming so‘m)da ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.
Demak, fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirgan taqdirda, kelgusida pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.
Hozirgi kunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 621 000 so‘mni tashkil etadi.
➡️ Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bog‘liq.
Agar fuqaro ijtimoiy soliqni qancha ko‘p to‘lasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Ushbu turdagi ijtimoiy soliqni to‘lab mehnat stajiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan fuqarolar qayerga murojaat qilishlari kerak?
Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram