Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG‘ONA TUMANINI O‘ZIGA XOS MEGAPOLIS QIYOFASIGA KELTIRISH UCHUN YANA BIR QADAM 

×

 2024-05-06 21:49:46    10352

PDF yuklash
Chop etish


Barchamizga ma’lum bugungi kunda aholi soni tez o‘sib bormoqda. Shunga ko'ra uy-joy, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjud barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uylarni qurish jadallik bilan olib borilmoqda.

Farg‘ona tumanida ham bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Davlatimiz rahbarini 2021-yil 9-dekabr kungi «Yangi O‘zbekiston» massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 32-sonli Farmonlariga asosan Farg‘ona tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida 12 ta 5 qavatli, 18 ta 7 qavatli jami 30 ta ko‘p qavatli uylar qurilib o‘z egalariga topshirish rejalashtirilgan. 


Hududda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi bugungi kunga kelib minglab yurtdoshlarimizni uy-joyli qilish, Farg‘ona tumanini o‘ziga xos megapolis qiyofasiga keltirish uchun yana bir qadam hisoblanadi. 


Ayni vaqtda massiv hududdida 6 km masofadagi asfaltlashtirish ishlarining so‘ngi bosqichlari amalga oshirilmoqda, “Farg‘ona yo‘l qurilish ta’mirlash “ MCHJ tomonidan bugungi kun holatiga kengiligi 6 metr, uzunligi 3 km 950 metr masofadagi asfaltlashtirish ishlari yakunlandi. Bu ishlar uchun jami davlat byudjetidan 11 milliarddan ortiq mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram