Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona tumanida aholini biznesga jalb qilish bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O.Abduraximovning MUROJAATI
2024-11-12 14:36:34 539
Assalomu alaykum, tumandoshlar!
Davlatimiz rahbari boshchiligida 2024 yil 12 avgust kungi Buxoro viloyati misolida o‘tkazilgan selektor yig‘ilish yakunlarida qilingan ma’ruzalari va berilgan topshiriqlari asosida Farg‘ona tumanida tomorqadan samarali foydalanish, mahallarda sanoat binolarini tashkil etish hamda sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida “drayver” loyiha ishga tushirish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish borasida “Sayhunobod, Uychi, Zarbdor va Gijduvon tumanlari” tajribasi asosida ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan:
Sayxunobod tajribasi asosida har bir MFYga tijorat banklari hamda iqtisodiy kompleks hodimlaridan bittadan mas’ullar biriktirilib, xonadonlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan xatlov natijasida 6831 ta xonadonlarga loyihalar paketini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shundan: 1460 ta mahallalarda mikroloyihalarni amalga oshirish va 5371 ta dehqon xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Joriy yilning 2-yarim yilligida tumandagi mavjud 73 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida jami 1460 ta mikroloyihalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 11-noyabr holatiga 1165 ta, shundan oktyabr oyida 292 ta mikroloyihalar o‘rniga 419 ta mikroloyihalar tashkil etilgan bo‘lib, iyul-oktyabr oylari mobaynidan MFY larga biriktirilgan tijorat banklari tomonidan 35,8 mlrd. so‘mlik, shundan oktyabr oyida esa 8,3 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi.
(Ma’lumot uchun: Agro bank 12 ta, Xalq bankiga 8 ta, Turon bankiga 42 ta, Milliy bankiga 11 ta MFYlar birikitirildi.)
Uychi tumani tajribasi asosida tijorat bank mijozlari bilan tumandagi 73 ta mahallarda joriy yilning 2-yarim yilligida 16 ta uchrashuvlar o‘tkazish va ushbu orqali 3456 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda joriy yilning 6 noyabr holatiga 14 marotaba uchrashuvlar o‘tkazilib 2767 ta ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan noyabr oyining shu kun holatiga 2 ta uchrashuv o‘tkazish orqali 175 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Zarbdor tumanni tajribasi asosida tumanda mavjud imkoniyat va zahiralarni aniqlash va ulardan foydalanish orqali 61,3 mlrd. so‘mlik 12 ta loyihalarni amalga oshirish hisobiga jami 1015 nafar ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 46,7 mlrd.so‘mlik 4 ta loyixalar ishga tushirilib 800 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Gʻijduvon tajribasi asosida tumanda tadbirkorlar bilan “Mahallabay” ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 10 ta mahallalarda 15 tadan “Tepaga o‘sadigan” 150 ta sanoat loyihalarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali 1314 nafar ishsiz fuqarolarni ish bilan bandligini ta’minlash va doimiy daromadga ega bo‘lishi ta’minlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda shu kunga qadar 12 ta sanoat loyihalarini amalga oshirish hisobiga 384 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
Bundan tashqari tumanimiz ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi moliyaviy instrumentlardan foydalanildi. Hususan tumanimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 509,8 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi. Shundan, 245 ta kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga 226,7 mlrd.so‘mlik, 255 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarga 34,3 mlrd. so‘mlik hamda 5953 nafar fuqarolarga 249,5 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi. Shundan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 810 nafar aholiga 18 mlrd. 420 mln. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi va 1250 nafardan ortiq ishsiz oila a’zolarining bandligi ta’minlandi.