Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosatining MUROJAATI

×

 2024-11-14 17:10:48    261

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli fermer va dehqonlar, suvni tejang va qadrlang!

Bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida suvni tejash, undan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish, isrof bo‘lishiga barham berish orqali biz kelgusi avlodlarimiz oldidagi eng oliy burchimizni ham bajargan bo‘lamiz.

Ma’lumki, joriy-yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida “Qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi o‘tkazilgan yig‘ilishda 2025-yil suv xo‘jaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish-yili” deb e’lon qilindi.

Ta’kidlash joizki, 2017-yilda 2 million gektar yerni sug‘orish uchun 8,3 milliard kilovatt elektr energiyasi sarflangan bo‘lsa, joriy-yilda 2,5 million gektar yerni sug‘orishga 1 ming 600 dan ziyod nasos stansiyalari uchun 6,8 milliard kilovatt elektr energiyasi sarflangan.

Kelgusi-yilda esa, davlat xususiy sheriklik asosida tejamkor nasos va quyosh panellarini o‘rnatib, 20 foiz elektrni tejamkorlikka erishish mumkin.

Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda suv xo‘jaligi sohasida keskin o‘zgarish qilishning birdan-bir yo‘li – raqamlashtirish ekani ayonlashib bormoqda. Shu bois suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etilib, suv iste’moli va uni hisobini yuritishning yagona axborot tizimi ishga tushiriladi. Bu esa “onlayn” nazorat va “aqlli suv” qurilmasidan olinadigan ma’lumotlarni jamlab, tahlil qilishda qo‘l keladi.

Mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish borasida-yillar davomida olib borilayotgan izchil islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Misol uchun, o‘tgan-yili 2 million gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani natijasida 2 milliard metr kub suv tejaldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etilgan fermerlarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini qoplash maqsadida, 1 million so‘mdan subsidiya berish tizimi Xorazm viloyatiga ham joriy etiladi.

Paxta va g‘alla maydonlariga o‘rnatilgan suv tejovchi uskunalar uchun bir-yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga har bir gektarga 25 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilganda har gektar sabzavot, kartoshka, uzum, ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar uchun gektariga 8 million so‘mdan, mevali ekinlarga 6 million so‘m va poliz ekinlariga 1,3 million so‘m subsidiya beriladi.

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan fermer xo‘jaliklariga subsidiya ajratiladi va shu ekin yerlari besh-yil muddatga yer solig‘idan ozod qilingan va suv hisoblagich o‘rnatilganda suv solig‘idan 30 foiz imtiyoz beriladi.

Kyelgusi-yilda ham ushbu maqsadlar uchun 700 milliard so‘m subsidiya, 2,5 trillion so‘m kredit ajratiladi.

Bu imkoniyatlar fermer va dehqonlarimizni yanada ruhlantiradi, kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi.

Suvni har kim o‘zi va kelajak avlod uchun tejashi zarur!

Xabaringiz bor, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga sarflanadigan 91 foizi suv resurslarining beshdan bir qismi yurtimizda, qolgani esa qo‘shni davlatlar hududida shakllanadi. Bu ham bizni hushyorlikka chorlashi kerak!

Shu bois, bahor va kuzdagi sel suvlarini yig‘adigan omborlar tashkil etish va ularda to‘plangan suv zaxiralaridan unumli foydalanish talab etilmoqda. Misol uchun, Qo‘shrabot tumanining “Xonnazor”, “Chorloq”, “Qo‘rg‘on”, “Shovona” va “Qiyqim” mahallalaridan o‘tgan soydan-yiliga 36 million kub metr suvni yig‘ish imkoniyatidan foydalanib, kichik suv ombori qurilsa, 2,5 ming gektar yerni o‘zlashtirish va intensiv sabzavotchilik uchun aholiga berib, 4 ming nafar fuqaroni ish bilan ta’minlash orqali 600 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkin.

Bunday sel suv omborlarini Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Farg‘onadagi yana 9 ta tumanda barpo qilib, 50 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilash imkoniyati mavjud.

Aziz mirishkorlar!

Global iqlim o‘zgarishlari, mintaqamizda yog‘ingarchilik miqdorining-yildan-yilga kamayishi suv resurslariga ham ta’sirini ko‘rsatmoqda. Qolaversa, soha mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2040-yilga borib Markaziy Osiyo davlatlarining ayrim hududlarida suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj uch barobarga oshishi mumkin.

Suv resurslaridan oqilona foydalanishning yana bir vositasi irrigatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, ishchi holatini saqlash, 18 ming km magistral va 94 ming km ichki kanallarni betonlashtirish orqali suv tejamkorligiga erishishdir.

Mamlakatimizda so‘ngi-yillarda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llayotganlarning soni yildan-yilga ortmoqda. Ayniqsa, yerni lazerli uskunasida tekislash, tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret usulida sug‘orish ommalashmoqda.

Tajribali dehqonlar yaxshi biladiki, tomchilatib sug‘orish dalaga emas, o‘simlikka suv berish degani. An’anaviy sug‘orishda o‘g‘it suvga oqib, zovurlarda qamishni ko‘paytirayotgan bo‘lsa, tomchilatib sug‘orishda o‘g‘it aynan ekinlarga bir xil yetkazib berilishi hisobiga hosildorlik oshmoqda.

Siz ham ilg‘orlar va tejamkorlar safiga qo‘shiling, “Suv zar – suvchi zargar” degan maqol bejizga aytilmagan. Qishloq xo‘jaligida zargarona mahorat bilan suvdan unumli foydalaning! Tejamkorlikning zamonaviy usullarini qo‘llab, suv behuda sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang, bu borada boshqalarga namuna bo‘ling!

“Otang mirob bo‘lsa ham, arig‘ingni chuqur qazgin”, degan naqlga amal qilib, ishni kuz-qish mavsumida o‘z hududingizda quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz zarur:

birinchidan, yerni lazerli tekislash ishlarini bajarib, suv tejovchi texnologiyalardan (tomchilash, yomg‘irlash, diskret) keng foydalaning!

ikkinchidan, suv tejamkorligiga erishish maqsadida magistral va ichki kanallarni betonlashda faol ishtirok eting!

uchinchidan, eski nasoslarning o‘rniga yangi, energiya tejamkor nasoslarni o‘rnatishga shoshiling!

to‘rtinchidan, quyosh panellari o‘rnatib, elektr energiya uchun xarajatlarni kamaytirish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishing!

beshinchidan, yerdan samarali foydalanib, yuqori hosildorlikka erishing va daromadingizni oshiring!

 

 

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va
tomorqa yer egalari kengashi rayosati a’zolari