Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Etibordan dillar yayradi

×

 2017-10-13 16:22:26    2268

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab aholining ko’makka muhtoj qatlamlari, jumladan nogironlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kelmoqda. Taqdirning achchiq tasodifi tufayli salomatligi va mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar doimo davlatimiz va hukumatimiz e’tiboridadir. Ayniqsa, vaqti-vaqti bilan ana shunday odamlar holidan xabar olish, ularning dardini eshitish va muammolaridan ogoh bo’lish bizda oliy qadriyat darajasiga ko’tarildi.

Farg’ona shahridagi «Do’stlik» mehmonxonasida eng ulug’, eng aziz bayramimiz arafasida shahar hududidagi mahallalarda istiqomat qilib kelayotgan nogiron hamshaharlarimiz uchun bayram dasturxoni yozildi.

Diydorlashuv onlarida imkoniyatlari cheklangan hamshaharlarimiz dildan suhbat qurdilar. Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma olti yillik shodiyonalari arafasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasini yodga olishdi, bugungi kunda bu buyuk shaxs boshlagan ishlar ishonchli qo’llarda ekanligiga, mustaqil yurtimizdagi barqaror tinchlik-omonlikka shukronalar keltirishdi.

Men har kuni televizor ekrani orqali yoki matbuot sahifalarida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning xalq manfaati uchun amalga oshirayotgan xayrli ishlarini, respublikamiz viloyatlari, shahar va tumanlariga tashriflari tafsilotlarini diqqat bilan kuzatib boraman,- deydi «Istiqlol» mahallasida yashovchi mehnat faxriysi G’ofurjon ota Mirzaev. Shukurki, mamlakatimizda inson qadri baland, bizning eng katta boyligimiz bo’lgan xalqimiz tinchlik-xotirjamda hayot kechirmoqda. Ana shunday oqilona siyosat yurgizgan, o’z xalqining issiq-sovug’idan doimo ogoh bo’lgan mamlakat hech qachon kam bo’lmaydi, zaminidan qut-baraka arimaydi.

Darhaqiqat, shunday,-deydi «Beglar» mahallasida yashovchi Salimaxon Mamasolieva to’lqinlanib, Hamma qatori men ham uzoq yillar qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qildim. Olti qizni hech kimdan kam qilmay tarbiyaladim, ularni yaxshi joylarga uzatdim, hammasi o’zlaridan tinchigan. Uyimiz hech qachon huvillab qolmagan, qizlarim, kuyovlarim tez-tez xabar olib turishadi. Hozir bir o’zim yashayman, lekin hech vaqt yolg’iz emasman. Mahalla fuqarolar yig’ini, qo’ni-qo’shnilarim meni yo’qlab turishadi. Shunday mehr-e’tiborli xalqimiz borligidan qalbim shukronalarga to’ladi.

Mahallamiz hududida turli toifalardagi jami150 nafar nogironlar istiqomat qiladi. Faollarimiz bilan ular holidan imkon qadar xabar olib turamiz. Har gal qaysidir imkoniyati cheklangan fuqaro bilan suhbatlashganda men shu narsaga amin bo’lamanki, ular ham o’zlarini jamiyatimizning to’laqonli aozosi ekanliklarini his qiladilar,-deydi Mirzo Ulug’bek nomli mahalla fuqarolar yig’ini diniy maorifat va maonaviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchisi Dilbarxon Tursunova.

Bu kabi dil so’zlarini tadbir davomida yana boshqa hamshaharlarimizdan ham izhor etishdi.

Bayram tadbirida ishtirok etgan shahar hokimi o’rinbosari Sherzod Karimov ishtirokchilarni eng ulug’, eng aziz bayramimiz bilan samimiy qutlab, ularga shahar hokimligining pul mukofotlarini topshirdi.