Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PREZIDENT VAKSINATSIYAGA OID QONUNGA IMZO CHEKDI
2021-08-03 15:30:14 804
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun (OʻRQ-705-son, 02.08.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi boʻlganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan oʻtishni rad etsa (qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmaganda) ish beruvchi uni ishga qoʻymaslikka haqli ekanligiga oid koʻshimcha kiritildi.
«Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi boʻlganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish joriy etilishi belgilandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram