Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA TUMANIDA QISHLOQ XO’JALIGI XODIMLARI KUNI NISHONLANDI

×

 2021-12-12 20:06:56    961

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona tumanida bo’lib o’tgan qishloq xo’jaligi xodimlari kuni tantanalarida bobo dehqonlarning, tuman ahlining mehnati yana bir bor ulug’landi.

Xalqimizning eng yaxshi fazilatlari xususida gap ketganda, ota-bobolarimizning mehnatkashligi va mirishkorligi, yer ilmi hadisini olganliklari alohida e'tirof etilishi bejiz emas.

Aynan qishloq xo’jaligi sohasida Farg’ona tumanida o’ziga xos tajriba maktabi yaratilgan bo’lib, dehqonchilikning muhim qadriyat va an'analari asrlar mobaynida avloddan-avlodga o’tib sayqallanib kelmoqda.

Bugungi kunda tuman qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishida hayotga tatbiq etilayotgan yangi-yangi tashabbuslar, mashaqqatli va sharafli mehnat mujassamdir.

Keyingi yillarda qishloq xo’jaligi tarmoqlari istiqbolini ta'minlash, xususan, pilla, paxta va g’alladan yuqori samaradorlikka erishish borasida sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo’ydi. Tuman dehqonlari ham barakali hosil yetishtirish maqsadida yil bo’yi samarali mehnat qildi.

O’z navbatida rizq-ro’zimiz manbai bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi usta bobodehqonlarimizga yuksak hurmat ko’rsatish, hamisha sidqidildan qilingan mehnatlarini e'zozlash xalqimizning eng ezgu fazilatlari sirasiga kiradi.

Farg’ona tumanida bo’lib o’tgan tadbirda qishloq xo’jaligi xodimlarining mehnati yana bir bor e'tirof etildi. Tuman hokimi Sh.Muminov xamda sektor raxbarlari barcha qishloq xo’jaligi xodimlarini bayram bilan qutladi.

- “Bugun Siz bilan hosil yili sarhisob qilinib, kelgusi yilga mustahkam amaliy qadamlar qo’yiladigan mas'uliyatli damlarda yuz ko’rishib turgan ekanmiz, yurtimizda doim to’kinlik bo’lsin, elimizning rizqi butun, ezgu niyatlari, boshlagan barcha ishlari xayrli bo’lsin, deb niyat qilamiz.

Fursatdan foydalanib, barchangizni yana bir bor kasb bayramlaringiz bilan qutlar ekanman, xirmoningizga baraka bersin, deyman. Qo’lingizga tuproq olsangiz, zarga aylansin. YErga bergan mehringiz doim samarali bo’lib, hosil xirmonlaringiz bugungidan ham yuksak bo’laversin” deb o’z so’ziga yakun yasadi tuman hokimi.

Elimiz ardog’idagi san'atkorlar tomonidan namoyish etilgan kontsert dasturi hosil bayrami qatnashchilariga zavq-shavq ulashdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram