Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QARZDORNING AVTOMASHINASI XATLANDI VA ALIMENT UNDIRILDI.
2022-04-25 21:06:57 548
Byuroning Farg’ona tumani bo’limi ish yurituvida bo’lgan Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining 25.05.2009 yildagi qarzdor N.I.dan undiruvchi N.N foydasiga bir nafar farzandining ta'minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo’yicha qarzdor N.I. davlat ijrochisi tomonidan bir necha marta ogoxlantirilishiga qaramasdan, qarzdor aliment to’lashdan bo’yin tovlab kelgan.
21.04.2022 yil kuni davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning “Matiz” rusumli avtomashinasini boshqarib yurganligi aniqlanib, ushlangan va xatlanib jarima maydonchasiga olib kirilgan.
Qarzdor ushbu kuniyoq alimentdan bo’lgan qarzi 11.5 mln. so’m pullarni byuroga olib kelib, undiruvchiga tilxat orqali to’ladi va qarzdorlik bartaraf etilgani bois uning avtomashinasi qaytarib berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram