Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O’TKAZILDI...
2022-04-25 21:33:00 543
Joriy yilning 21 aprel kuni Farg’ona tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sh.A.Mo’minov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona tumani Xalq qabulxonasi mudiri A.I.Xasanovlar xamkorlikda Xalq qabulxonasi binosida jismoniy va yuridik shaxs vakillari bilan qabul bo’lib o’tdi.
Qabullar jarayonida jami 52 nafar fuqarolardan 42 ta masalada 37 ta murojaat kelib tushdi.
Murojaatlar ichimlik suvi bilan ta'minlash, ichki yo’llarni asfaltlashtirish, elektr ta'minoti yaxshilash sim yog’ochlarni yangilash va transformator ta'mirlash, tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish, sug’orish suvi tanqisligi, Oliy ta'lim muassasasi to’lov kontrakt, Subsidiya (inkubator, issiqxona, mexnat qurollari)ajratish, nogironlik ortapedik vositasi bilan ta'minlash, o’zini-o’zi bandligini ta'minlash uchun tikuv (averlo)mashinasi bilan ta'minlash, ish bilan ta'minlash, tibbiy profilaktik yordam, boshqa masalalarga oid murojaatlar sektor rahbari va Xalq qabulxonasi tomonidan qabul qilindi.
Qabullar yakunlari bo’yicha mutasaddi rahbarlarga nazoratga olingan har bir murojaatni o’z vaqtida, qonun doirasida ko’rib chiqish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram