Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA TUMANI PROKURORI OTABEK AXRAROV ISHTIROKIDA O’TKAZILGAN BRIFING.

×

 2022-04-25 21:56:32    489

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona tumani hududida 2021 yilda jami 1000 ta jinoyatlar qayd qilindi.  

Ularning 36 tasi o’ta og’ir, 250 tasi og’ir, 236 tasi uncha og’ir bo’lmagan,  

478 tasi ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlarni tashkil etadi. 

Tahilil etilayotgan davrda hududda qotillik, firibgarlik, o’g’rilik, jinoyat turlari ortdi, talonchilik va og’ir tan jarohati yetkazish jinoyatlari kamayishiga erishildi hamda mansabga sovuqqonlik bilan qarash bilan bog’liq turdagi jinoyatlar barqaror qoldi. 

Korruptsiya holatlari bo’yicha hududda 13 ta jinoyatlar qayd qilinib, 

13 nafar shaxslar javobgarlikka tortildi. Hozirda korruptsiya illatiga qarshi kurashish borasida tadbirlar davom etmoqda.

Bundan tashqari, 24 nafar voyaga yetmaganlar, 118 nafar ayollar, 

139 nafar ishsizlar va 78 nafar muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etildi. 

Shu jumladan, tumandagi 58 ta mahallarda jinoyatlar o’sdi, 4 tasida barqaror qoldi, 11 tasida kamaydi, 3 tasida jinoyat qayd qilinmadi. 

Ushbu davrda 907 ta jinoyatlarni fosh etilishiga erishildi. 

Farg’ona tumani prokuraturasi tomonidan soha faoliyatini yaxshilash maqsadida 21 ta tekshirish o’tkazilib, aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo’l qo’ymaslik yuzasidan 63 ta prokuror nazorati hujjatlari qo’llanildi. 

Ushbu holatlar tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar, MFY raislari va korxona, tashkilot raxbarlari ishtirokida muhokama qilinib, tuman hududida kriminogen vaziyat barqarorligini ta'minlash borasida tegishli zarur chora-tadbirlar ko’rib borilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram