Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SOLIQCHI - KO’MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN FARG’ONA TUMAN DSI BOSHLIG’I ILXOMJON SHAROPOVNING HISOBOTI

×

 2022-05-10 17:49:06    699

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, joriy yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo’mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o’zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko’makchi bo’lishlari yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga yanada sifatli xizmat ko’rsatishni ta'minlash maqsadida Farg’ona tuman davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o’rganilib ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo’lgan qator yo’nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil aprel oyi davomida Farg’ona tuman DSI tomonidan 150 ta tadbirkorlik sub'ektlarini qiynayotgan muammolari o’rganildi. Mazkur jarayon davomida ko’maklashish zarur bo’ligan 150 ta tadbirkorlik sub'ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to’lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko’rsatildi.

Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidenimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram