Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KORRUPTSIYA-DAVLAT VA JAMIYATNING RIVOJLANISHIGA TO’SQINLIK QILUVCHI ASOSIY OMILDIR.
2022-05-23 19:28:41 582
Korruptsiya lotincha so’zdan olingan bo’lib, mansabdor shaxsning o’z mansabi bo’yicha berilgan huquqlarini shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suistemol qilishdan iborat bo’lgan amaliyot tushuniladi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2017 yil 3 yanvar kuni “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning 3-moddasida korruptsiya so’zining mazmuni yoritilgan. Unga ko’ra, korruptsiya — shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish tushuniladi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raxnomoligida korruptsiya illatini yo’qotish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan 2017 yil 3 yanvarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni, 2019 yil 27 mayda “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident farmoni, 2020 yil 29 iyunda “O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Prezident qarori, 2020 yil 29 iyunda “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident farmonlari qabul qilindi.
Tasavvur qilaylik jamiyat kushandasi hisoblangan korruptsiya bilan bog’liq jinoyat sodir bo’lmoqda. Pora beruvchi pora oluvchiga porasini taklif qilib, biror bir sohada ishini bitkazdirdi. Albatta bu holatda qaysi soha bo’lishidan qatiy nazar o’sha sohaning hozirda Prezidentimiz tomonidan olib borayotgan siyosatning ochiqlik, shaffoflik printsiplariga zidligi; poraning natijasida uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlari buzilishi; jamiyat hamda davlat manfaatlariga iqtisodiy zarar yetkazilishi, fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlariga ishonchsizlik paydo bo’lishi, xorijiy investorlarning investitsiya kiritish hajmi kamayishiga olib keladi.
Korruptsiya illati va tushunchasini jamiyat hayotimizdan yo’qotishimiz uchun har bir inson oddiy fuqaromi, mansabdor shaxsmi yoki bir oddiy xodimmi birgalikda korruptsiyaga nisbatan murosasiz kurashmog’i lozim.
Farg’ona viloyat sudi sudya katta yordamchisi J.Sattarov
Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining arxiv mudiri S.Sabirov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram