Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARI VA FAXRIYLARINING MODDIY TA'MINOTINI YAXSHILASH HAMDA YOLG’IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH MAQSADIDA
2022-07-03 22:51:47 527
1941 - 1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar kontslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari o’rniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qo’shimcha to’lov to’lab borilishi belgilandi;
Farg’ona tumanida 4 nafar 1941 - 1945 yillardagi urush faxriylari hamda 8 nafar o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz keksalarga iyun oyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, ya'ni 300 (uch yuz) ming so’mdan to’lov to’lab berildi.
1941 - 1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar kontslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul yetkazib beriladigan zarur kiyim-kechak va poyabzallar o’rniga kiyim-kechak xaridi uchun har yili avgust oyida bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida to’lanadigan kompensatsiya joriy etiladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Farg’ona tumani bo’lim boshlig’i U.Yuldashev
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram