Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLINING HUQUQ VA MANFAATLARI QONUN HIMOYASIDA

×

 2022-07-03 22:54:49    556

PDF yuklash
Chop etish


Aholi turmush tarzini ko’tarish va huquq-manfaatlarini kafolatlash maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi.

Jumladan, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

§ 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to’lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o’rniga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etilishi, bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi, to’lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshirildi, uning miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo’llanilishi;

§ yakka-yolg’iz bo’lgan fuqarolarga, farzandi bo’lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo’lgan kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi belgilandi;

 Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

-       3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bitta farzandi uchun                                – 250 000 so’m,

-       yoshi 3 yoshgacha bo’lgan bitta kichik farzandi uchun                   – 325 000 so’m,

-       oilaning ikkinchi farzandi uchun qo’shimcha                             – 150 000 so’m,

-       oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun  – 100 000 so’mdan;

kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori —          380 000 so’m etib belgilandi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Farg’ona tuman bo’limida rad etilgan murojaatlar asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yildagi 654-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta'minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Nizomiga muvofiq quyidagi holatlar mavjud bo’lganda, oilani kam ta'minlangan deb e'tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi:

§ ariza beruvchi oilasining har bir a'zosiga to’g’ri keladigan bir oylik o’rtacha jami daromad, ya'ni ushbu (498557 so’m) belgilangan mezondan oshganda;

§ idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan ma'lumotlar bo’yicha Ko’chmas mulk ob'ektlariga bo’lgan huquqlarning davlat reestrida ariza beruvchi va uning oila a'zolari egaligida jami bittadan ortiq ko’chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo’lganda;

§ ariza beruvchi yoki uning oila a'zolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o’z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo’lganda:

§ ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo’lgan yengil avtotransport vositasi;

§ ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo’lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;

§ jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo’lgan yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;

§ ariza beruvchi va uning oila a'zolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza berilgan oyda amalda bo’lgan mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablag’lari mavjud bo’lganda;

§ ariza beruvchi va uning oila a'zolarida ariza berilgan oyda bozor qiymati mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq summani tashkil etuvchi qimmatli qog’ozlar mavjud bo’lganda;

§ O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa sanoati davlat qo’mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a'zolari (turmush o’rtog’i va bolalari), shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;

§ Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a'zolari pensiya ta'minoti shartlari, me'yorlari hamda tartibi to’g’risidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan ta'minlanganda;

§ oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a'zolari mavjud bo’lganda;

§ oilaning oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a'zosi tomonidan mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad etilgan hollarda;

§  rasmiy daromad manbalariga ega bo’lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish                        izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, o’zini o’zi band qilgan shaxslar ro’yxatiga kiritilmagan yoki haq to’lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a'zosi mavjud bo’lganda.

Umid qilamizki, yuqorida keltirilgan ma'lumotlar fuqarolarning huquqiy savodxonligini yanada oshishiga xizmat qiladi.

 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Farg’ona tuman bo’limi boshlig’i   U.O.Yuldashev

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram