Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“SOLIQCHI - KO’MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN FARG’ONA TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKTSIYASI BOSHLIG’I SHAROPOV ILXOMJON MUQIMOVICHNING HISOBOTI
2022-07-04 17:51:15 515
Tadbirkorlik sub'ektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 28 iyundagi PF-162-son farmoni bilan soliq ma'muriyatchiligiga qator o’zgartirishlar kiritildi.
Xususan, 2022 yil 1 iyuldan foydalanilmayotgan ko’chmas mulk ob'ektlariga ta'sirchan soliq mexanizmini qo’llash bekor qilindi. Shuningdek, QQS ma'muriyatchiligi soddalashtirib, majburiy ravishda QQS to’lovchisi sifatida e'tirof etiladigan tadbirkorlik sub'ektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda berilish amaliyoti yo’lga qo’yilmoqda.
Bundan tashqari, yuqoridagi farmon bilan 2023 yil 1 martga qadar hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto’g’ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo’llanilmasligi belgilab qo’yildi.
Albatta, bu kabi o’zgarishlar tadbirkorlar qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi. Shu o’rinda tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida Farg’ona tuman DSI xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tmoqchiman.
Ayni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o’rganilib ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo’lgan qator yo’nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.
Xususan, 2022 yil1-yarmida Farg’ona tuman DSI tomonidan 1 242 ta tadbirkorlik sub'ektlarini qiynayotgan muammolari o’rganildi. Mazkur jarayon davomida ko’maklashish zarur bo’ligan 1 242 ta tadbirkorlik sub'ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to’lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko’rsatildi.
Biz, soliq idoralari xodimlari tadbirkorga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz. Tadbirkorlar o’zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan 97-206-01-01 (Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash sho’'basi) raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram