Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HECH KIM MEHRDAN CHETDA QOLMAYDI.

×

 2022-11-02 12:38:24    284

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida» 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5215-son qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning muammolarini o’rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risidagi 26-son qarori asosida, tuman xududida yashovchi 66 nafar voyaga yetmagan bolalar joriy etilgan “Mehr daftari” tizimiga kiritilib, tuman hokimligi tomonidan ularning yashash sharoitlari, qiziqish va ehtiyojlari o’rganildi. 


Farg’ona tumani hokimligi tomonidan 6 nafar voyaga yetmagan bolalarning qiziqish va ehtiyojlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan yo’l xarita asosida dasturlash tizimini o’rganish va kelajakda shu sohada yetuk kadr bo’lib yetishlari maqsadida tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, viloyat bolalarni himoya qilish kotibiyati ishtirokida 6 nafar bolalarga kompyuter jamlanmalari topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram