Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA TUMANIDA SAYYOR QABUL BO’LIB O’TDI
2022-11-02 13:10:36 330
Hududlarda fuqarolarning elektr ta’minotiga oid murojaatlarini o’rganish, murojaatlarga belgilangan tartibda ijobiy yechim topish, bir so’z bilan aytganda xalqimizning bugungi kunidan rozi bo’lib yashashlarini ta’minlash maqsadida hududlarda sayyor qabullar bo’lib o’tmoqda.
Kuni kecha “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Farg’ona tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Unda 15 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning elektr energiyasiga oid murojaatlari, shikoyat va takliflari eshitildi.
Murojaatlar, asosan, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining yashash hududidagi elektr tarmoqlarini yangilash, mavjud tayanchlarni yangisiga almashtirish, yangi transformator punkti o‘rnatib berish yuzasidan bo‘ldi.
Ochiq va samimiy ruhda o'tgan sayyor qabulda 7 ta elektr ta’minotiga oid murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 4 tasi shu joyning o‘zida hal etildi. 3 ta murojaatning ijrosi to’liq nazoratga olinib, murojaat yechimi bo’yicha aniq muddat belgilandi. Mas’ullarga mazkur murojaatlarni belgilangan muddatda ijobiy hal etish borasida ko‘rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram