Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OILALARDAGI MA'NAVIY-AXLOQIY MUHITNI YANADA YAXSHILASH BORASIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI.
2022-11-02 13:33:34 302
Joriy yilning 1-noyabr kuni, Farg’ona tumani hokimligi katta majlislar zalida Farg’ona viloyat sudining sudyalari M.Ummatova, M.Musaxanova, fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining raisi U.Oripov hamda tuman xokimi o’rinbosari Xotin-qizlar bo’limi boshlig’i N.Karimovalar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.
Oilalardagi ma'naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish”, “Mamlakatimizda ayollarga berilayotgan e'tibor hamda oilaviy ajrimlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” hamda “Jamiyatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlanishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoni, “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi Farmonining mazmun moxiyati xamda ularning bajarilishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot tarzida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati sudyasi M.Ummatova, viloyat sudining fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay'ati sudyasi M.Musaxanova, fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining raisi U.Oripovlar o’z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Farg’ona tumani hokimligi mutasaddilari, tuman xotin-qizlar bo’limi boshlig’i va tumanda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar, muammoli, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirok etishdi va muammolari atroflicha o’rganilib, ijobiy xal etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram