Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E'TIBORDA.

×

 2022-11-04 22:25:57    889

PDF yuklash
Chop etish


Aholi murojaatlarining o’z vaqtida yechim topishi ularning bugungi kundan, davlatimizdan rozi bo’lib yashashi uchun zamin yaratadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona tumani Xalq qabulxonasi va tuman hokimi tomonidan ham har bir murojaatni o’z vaqtida yechimini topish choralari ko’rib kelinmoqda. Bu esa xalqimizning muammolari o’z vaqtida va oson yechim topishiga erishilmoqda.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Xamidullo Inomovning navbatdagi qabuli o’tkazildi. 


Unda 142 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta'minotini yaxshilash kabi murojaatlar joyning o’zida ijobiy hal etildi. 5 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratilib, qo’shimcha o’rganish va muddat talab etilgan 5 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.


Bundan tashqari qabul davomida 28 nafar ko’zi ojiz, kar-soqov va boshqa shaklda nogironligi bo’lgan fuqarolarning murojaati ham tinglandi. 


Qabul yakunida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 maydagi 252-sonli "O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg’armasi mablag’lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to’g’risidagi Nizomini tasdiqlash haqidagi qarori"ga muvofiq 1 nafar fuqaroga Notebook va 2 nafar fuqaroga motokultuvatorlar topshirildi. 














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram