Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA TUMANIDA IJRO INTIZOMI BO’YICHA O’QUV-SEMINAR O’TKAZILDI.
2022-11-08 10:18:53 384
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko’rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PQ-5132-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tuman hokimligi xodimlari, shuningdek tuman tashkilotlari rahbarlarining ijro intizomiga mas'ul o’rinbosarlari va xodimlari ishtirokida o’quv-seminari o’tkazildi.
O’quv seminari tasdiqlangan dasturga asosan ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash, me'yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, topshiriqlar bajarilishida nazoratni tizimli yo’lga qo’yish, qonun hujjatlarini targ’ib qilish va mf.ijro.uz tizimining yangilangan Edo.ijro.uz tizimiga o’tish bo’yicha “UNICON-SOFT” MChJ mas'ul xodimlari tomonidan ma'ruzalar va prezentatsiyalar qilindi.
Shuningdek, o’quv seminarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Hukumat xujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish yuzasidan ishlarni tizimli ravishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram