Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI DELEGATSIYASI FARG’ONA TUMANIGA KELDI.
2022-11-10 17:54:24 331
Qirg’iziston Respublikasi Qadamjoy tumani hokimi rahbarligidagi delegatsiya Farg’ona tumanidagi "Vodil” nazorat-o’tkazish maskanida tuman rahbariyati ishtirokida kutib olindi.
O’zbekiston bilan Qirg’izistonni azaldan boy do’stona qadriyatlar bog’lab turadi. Binobarin tili va dini bir, tarixi, urf-odat va an'analari, madaniyati mushtarak bu ikki qardosh xalq bir ariqdan suv ichadi. Qirg’izistonda o’zbeklar, O’zbekistonda qirg’izlar totuvlikda umrguzaronlik qilmoqdalar, quda-andalik orqali qon-qarindoshlik rishtalari bog’lanib ketgan.
Bugunga kelib bu ko’hna qadriyatlarimiz sayqal topmoqda. Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o’zaro aloqalarimiz mohiyatan yangicha shakl va mazmun kasb etmoqda. Xalqlarimiz manfaatlari yo’lida ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko’tarilgan.
E'tirof etish joiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Qirg’iziston – bizning yaqin qo’shnimiz. Shuning uchun bizning oramizda hech qanday chegara bo’lishi mumkin emas. Biz bir-birimizga qalbimizni, bag’rimizni ochdik” degan e'tiroflarida ikki qardosh xalqning xohish-irodasi mujassam bo’ldi.
Delegatsiya bilan samimiy muloqot davomida Farg’ona tumani va Qadamjoy tumani o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta'lim va madaniy-gumanitar, qishloq xo’jaligi sohalarda hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish borasida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida ikki qo’shni tuman hokimlari bir-birlariga esdalik sovg’alarini topshirdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Instagram |
Youtube |
Telegram